Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qozogʻiston SSR (; ) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Qozogʻistoni deb yuritiladi.
1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi () tuzilgan. Respublika 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi () deb qayta nomlangan. 1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR deb yana qayta nomlangan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan.
Qozogʻiston SSR poytaxti Olmaota shahri boʻlgan. Respublika 222 rayonga boʻlingan, 83 shahar, 206 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.
Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi
Tarixi Qozogʻistonda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi II—I asrlarda shakllangan. VI asr oʻrtasi — VIII asrda Turk xoqonligi, qarluqlar davlati, IX—XII asrlarda oʻgʻuzlar, Qoraxoniylar davlati boʻlgan. XI asr — XIII asr boshida saljuqiylar, kidonlar, moʻgʻullar hujum qilgan. XV asr oxirida Qozoq xonligi tuzilib, oʻz navbatida juzlarga boʻlingan. XVI asr boshiga kelib qozoq elati shakllangan.
XIX asrning 60-yillarida Ulugʻ juzning Rossiyaga qoʻshilishi bilan butun qozoq yerlari (Semipalatinsk, Aqmolinsk, Toʻrgʻay, Uralsk, Yettisuv va Sirdaryo oblastlarining bir qismi) Rossiya tarkibiga oʻtdi.
Qozogʻistonda XIX—XX asrlarda dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar tuzilgan. Qozogʻistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr — 1918-yil fevralda oʻrnatilgan. 1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi () tuzilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.
thumb|left|Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi xaritasi Qirgʻiziston ASSR 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi () deb qayta nomlangan. 1924–1925-yillarda Oʻrta Osiyoning milliy-davlat chegaralanishi natijasida barcha qozoq yerlari birlashgan.
1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR tuzilgan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan. 1937-yil Qozogʻiston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.
Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
Manbalar
Havolalar
Qozogʻiston SSR Katta sovet ensiklopediyasida
Turkum:Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Turkum:Sovet Ittifoqi respublikalari Turkum:Sobiq sotsialistik respublikalar