Komil Ismoilovich Allamjonov (1984-yil 18-sentabr) – oʻzbek davlat va jamoat arbobi, jurnalist. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot kotibi (2017-yil 1-dekabrPrezident matbuot kotibi tayinlandi – 2018-yil 3-oktabr), Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi direktori vazifasini bajaruvchi (2018-yil 28-noyabrKomil Allamjonov naznachen i. o. glavi UzAPI – 2019-yil 2-fevral), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi (2019-yil 4-fevralKomil Allamjonov prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi – 2020-yil 29-yanvar), 2020-yil 31-yanvardanKomil Allamjonov vozglavil fond podderjki mass-media boshlab Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining raisi. Shuningdek, 2022-yil 26-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari.
Hayoti 1984-yil 18-sentyabrda Toshkentda mexanik va hamshira oilasida tugʻilgan. Otasi – Shokir-Qoriyev Ismoil Allamjonovich (1957-yil 9-mayda tugʻilgan) VAZ AJ da avtoslesar, onasi – Shokir-Qoriyeva Gulnora Ashirovna (1961-yil 12-yanvarda tugʻilgan) Toshkent shahridagi 3-son tugʻruqxonada katta hamshira boʻlib ishlaganlar.
2006-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat va madaniyat institutini „Televideniye va radio rejissyori“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlab, „Iqtisodchi“Rahbariyat mutaxassisligi boʻyicha ikkinchi oliy maʼlumotga ega boʻlgan. Ingliz tili boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida Garvard universitetida oʻqigan.
Ish faoliyati Mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati bosh mutaxassisi, keyinchalik Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati bosh mutaxassisi, 2005—2009-yillarda DSQ axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi, 2009—2013-yillarda DSQ axborot xizmati rahbari – qoʻmita raisining matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan.
2010-yilda mamlakatning eng yaxshi matbuot xizmati rahbari sifatida „Oltin qalam“ mukofoti bilan taqdirlangan.
Komil Allamjonov rahbarligida Davlat soliq qoʻmitasining soliq.uz interaktiv sayti ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan. 2015-yil qoʻmitaning rasmiy sayti Milliy internet-tanlovda „Davlat boshqaruvidagi eng yaxshi sayt“ deb tan olingan.
Davlat soliq qoʻmitasi Axborot xizmati rahbari sifatida faoliyati davomida oʻzbek va rus tillarida chop etiladigan „Soliq info“ („Soliq maʼlumotlari“) gazetasini tashkil etish tashabbuskori boʻldi. 2013—2016-yillarda u gazetada bosh muharrir sifatida ishladi. Gazeta nafaqat Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlari, balki mamlakat soliq idoralari xodimlari uchun ham professional maslahatchi boʻldi.
Shuningdek, u toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining departament boshliqlari boʻlgan buxgalterlar, maʼruzachilarning malakasini oshirish uchun tizimli kurslarni yaratishda bosh-qosh boʻldi. Kurslar Toshkent shahrida ham, mamlakatning boshqa hududlarida ham tashkil etilgan.
U rahbarligining 16 yilligida „Oʻzbekiston davlat soliq tizimi-islohot va rivojlanish yoʻlida“ kitob-albomi, shuningdek soliq organlari tashkil topganligining 20 yilligi munosabati bilan „Oʻzbekiston soliq tizimi mustaqillik yillarida“ fundamental albomi chop etildi. Nashrda Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliq tizimining shakllanishi va oʻzgarishi tarixi qadimgi davrlardan zamonaviy bosqichga qadar batafsil bayon etilgan.
U Oʻzbekiston soliq organlari xodimlarining axloq kodeksini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh aʼzosi boʻlgan.
Barcha darajadagi taʼlim muassasalari uchun: 1-4 sinflar uchun „Iqtisodiyot va soliqlar boʻyicha alifbo“, 5-7 sinflar uchun „Iqtisodiyot va soliqlar darslari“ va 8-9 sinflar uchun „Soliq asoslari“ qoʻllanmalar hammuallifi sanaladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun „Tadbirkorlik va biznes asoslari“ deb nomlangan qoʻllanma ishlab chiqilgan boʻlib, unda tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish boʻyicha maxsus bob mavjud. Iqtisodiy boʻlmagan universitetlar uchun „Soliqlar va soliqqa tortish“ darsligi tayyorlandiGNK rabotaet nad dovedeniem do soznaniya molodeji nalogovoy gramotnosti.
2009-yildan 2013-yilgacha har yili, uch bosqichda: tuman, viloyat va respublika bosqichlarida boʻlib oʻtgan"Bolalar uchun soliq bilimlari!" ijodiy tanlovi loyihasini tashkil etgan.
Prezident matbuot kotibi 2017-yil 1-dekabrda Asadjon Xoʻjayev oʻrniga Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi qilib tayinlangan. Shuningdek, Prezident Ijro etuvchi apparati rahbarining oʻrinbosari lavozimini egallaganOʻzbekiston prezidentining matbuot kotibi tayinlandi.
K.Allamjonov davrida Prezident matbuot xizmatining isloh qilish ishlari boshlanib, axborot taqdim etishning mohiyati oʻzgardi, yaʼni davlat rahbari va davlat organlarining jamiyat uchun ochiqligiga yoʻnaltirildi.
Ilk bor ikki tomonlama muloqot qilish imkonini beruvchi aloqa yoʻlga qoʻyilib, bu nafaqat rasmiy xabarlarni taqdim etish, balki ommaviy axborot vositalarini qiziqtiruvchi maʼlumotlarni soʻrab olish imkoniyati yaratildi. K.Allamjonov Shavkat Mirziyoyevning mamlakat boʻylab va xorijga qilgan safarlarini yoritib borishni tashkil qilish bilan shugʻullangan. Ushbu safarlarni yoritish sifati va mazmuni yangi darajaga koʻtarildi. Reportajlarda, rasmiy xabarlardan tashqari, uchrashuvlarning eng qiziq va oʻziga xos jihatlari bayon etila boshlandi, imzolangan hujjatlarning ahamiyati haqida tushuntirish va izohlar berildi. OAVga taqdim etiladigan fotomateriallar mavzusi kengaydi.
Umuman olganda, K.Allamjonov Prezident matbuot xizmati ochiq va shaffof ishlashiga erishib, ommaviy axborot vositalari davlat rahbarining tashqi va ichki faoliyati haqida tezkor va toʻliq axborot olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi.
„Kabinet“ va „Eksklyuziv“ loyihalarining muallifi. „Kabinet“ – amaldorlar va siyosatchilar oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari, erishgan natijalari va kelgusidagi faoliyatlari istiqbollari haqida soʻzlaydigan platformadir. „Eksklyuziv“ loyihasi doirasida xorijlik siyosatchilar va moliyachilarga Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalari boʻyicha fikr bildirish imkoniyati taqdim etilgan edi.
Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan bir qator filmlar suratga olindi. „Janob Prezident“Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hujjatli filmda oilaning hayotidagi oʻrni hamda nima uni baxtli qilishi toʻgʻrisida soʻzlab berdi. filmida Shavkat Mirziyoyev aholi turmushini yaxshilash, hokimiyatning jamiyat uchun ochiq boʻlishining ahamiyati, oilaning inson hayotidagi oʻrni toʻgʻrisida va boshqa masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini bayon etgan. „Ilohiy yoʻl sari“Telekanal „Rossiya-Kultura“ pokajet xudojestvenniy film „Stranitsi Istini. Imam al-Buxari“ filmi – maʼrifatli islom asoschisi, islom dini taʼlimotlariga koʻra Qurʼoni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi „Al-Jomiʼ as-sahih“ asarining muallifi Imom Al-Buxoriy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. „Prezident afv etdi“ filmida 2700 mahbusning afv etilishi haqida hikoya qilinadi.
Komil Allamjonov fikr almashish, shu jumladan matbuot xizmati faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun Facebook, Twitter va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini yurita boshladi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori 2018-yil 28-noyabrda Komil Allamjonov Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandiAllamjonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v. b. etib tayinlandi.
Oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun, yaʼni OAV va hokimiyatning birgalikda ishlashining yangi infratuzilmasini tashkil qilish, mamlakatda yaratilayotgan mediakontent sifatini yaxshilash, ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish maqsadida Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat 2019-yil 2-fevral kuni kuchga kirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi. Komil Allamjonov Agentlik direktori vazifasini bajaruvchisi qilib tayinlandi. Agentlik direktori oʻz maqomiga koʻra Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilganYangi agentlik direktori maqomi Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirildi.
Komil Allamjonov davlat axborot siyosatini ishlab chiqish uchun masʼul boʻlib, davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralarning axborot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish ishlarini olib borish barobarida fuqarolarning soʻz va axborot erkinligi boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini nazorat qilgan, OAV, noshirlik va axborot-kutubxona faoliyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va koʻmaklashish bilan shugʻullangan.
K.Allamjonov Agentlik rahbari sifatida OAV ning jamiyatdagi rolini oshirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratgan. Shu davr mobaynida: hokimiyatning barcha organlarida matbuot xizmatlari tashkil qilindi, ularning faoliyati yanada ochiqroq boʻlishiga erishildi, matbuot kotiblarining maqomi koʻtarildi; davlat organlarining 400 nafardan ortiq matbuot kotibi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi negizida malaka oshirish kurslarida tahsil oldi; 128 nomlanishdagi yangi ommaviy axborot vositalari ochildi; OAVni roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirildi, ushbu xizmat onlayn-formatda koʻrsatilib, ruxsat beruvchi tartibotdan xabardor qiluvchi tartibotga oʻzgartirildi; Xorijiy OAVning Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtishi mexanizmi soddalashtirildi; OAVni himoya qilish va soʻz erkinligini taʼminlash bilan shugʻullanuvchi YXHT va YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik munosabatlari oʻrnatildi, shuningdek Avstriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus va Rossiya kabi bir qator mamlakatlarning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan idoralararo darajasidagi ikki tomonlama hamkorlik yoʻlga qoʻyildi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning blogerlar va jurnalistlar bilan tarixiy uchrashuvi oʻtkazildi; media hamjamiyati tomonidan Oʻzbekiston jurnalistlarining kasbiy axloq kodeksi qabul qilindi; Internet tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish dasturi qabul qilindi; tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish koʻrinishidagi jazo chorasini bekor qilish boʻyicha tashabbus koʻrsatildi; OAV sohasini kelgusida yanada liberallashtirishga, soha subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish boshlandi.
YXHT OAV erkinligi masalalari boʻyicha vakili Arlem Dezirning 2019-yil aprelda OAV saytlarini bloklashni toʻxtatish toʻgʻrisidagi chaqirigʻiga javoban Agentlikning saʼy-harakatlari bilan bir qator xorijiy yangiliklarga ixtisoslashgan resurslar va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning veb-saytlaridan Oʻzbekistonda toʻliq foydalanish keyingi oydayoq tiklandi. Ular qatorida „BBC Uzbek“, „Voice of America“, „Amerika ovozi“, „Radio Free Europe/Radio Liberty“, „Eurasianet.org“, „Deutsche Welle“, „Amnesty International“, „Human Rights Watch“, „Reporters sans frontieres“, „AsiaTerra“, „Fergana Agency“ va boshqalarniBloomberg: Uzbekistan otkrivaetsya miru posle dolgoy izolyatsii kiritish mumkin.