Ozarbayjon filmlari soni3000+ Ozarbayjon filmlari roʻyxati 1890-yillar1900-yillar1910-yillar1920-yillar1930-yillar1940-yillar1950-yillar1960-yillar1970-yillar1980-yillar1990-yillar2000-yillar2010-yillar Ozarbayjon kinematografiyasi — Ozarbayjonda suratga olingan filmlardan iborat.
Tarixi
Ovozsiz davr
Ozarbayjon kinematografiyasi tarixi 1898-yil 2-avgustdan boshlanadi. Ilk filmlar Aleksandr Mishon tomonidan suratga olingan xronika syujetlari („Bibihaybatda neft fontani yongʻini“, „Balaxanida neft fontani“, „Shahar bogʻida xalq hordigʻi“, „Kavkaz raqsi“ va b.) va „Ilashding“ badiiy kinosyujetdan iborat edi.
1915-yilda Kavkazda Pirone aka-ukalari ochgan aksiyadorlik jamiyatlari (savdo uylari) tomonidan Boku, Tbilisi, Irevan shaharlarida prokat kontorlari ochildi. 1915-yilda ushbu jamiyat neft sanoatchilarining mablagʻi bilan Ibrohimbey Musabeyovning „Neft va millionlar saltanatida“ romani asosida shu nomdagi ilk Ozarbayjon badiiy filmini suratga olishni boshladi. Filmni suratga olish uchun Sankt-Peterburgdan rejissyor Boris Svetlov taklif qilindi. Tabiat manzaralari Bokuda va chekka qishloqlarda, pavilyonga tegishli sahnalar esa Tbilisida suratga olinar edi. Filmda Lutfalibey rolini Husayn Arablinskiy oʻynadi. 1916-yilda Bokuda Uzeyir Hojibeyovning „Arshin mol oluvchi“ operettasi asosida ilk Ozarbayjon kinokomediyasi suratga olindi. 1919-yilda esa „Ozarbayjon mustaqilligi yubileyi munosabati bilan oʻtkazilgan tantana“ nomli toʻliq metrajli film ekranlarda namoyish qilindi.
1923-yilda Ozarbayjon Foto-Kino Idorasi taʼsis etildi. AFKI alohida aksiyadorlarning foto, kinoteatr va prokat kontorlarining milliylashtirilishi va birlashtirilishi chora-tadbirlarini amalga oshirar edi. Oʻsha vaqtlar AFKI qoshida Bokuda „Tayyora“, „Edison“, „Milyon“, „Ladya“, „Maʼdanchi“ va boshqa kinoteatrlar ham bor edi. 1924-yilda AFKI ikki seriyali „Qiz qal’asi afsonasi“ nomli badiiy filmi ekranlarga chiqardi. Etnografik jihatdan qiziqarli boʻlgan bu filmda mualliflar Sharq ekzotikasini chetlab oʻta olmagandilar.
Ozarbayjonda milliy rejissyor va aktyor kadrlarni tayyorlash uchun 1925-yilda Shamil Mahmudbeyov tashabbusi bilan AFKI qoshida studiya tashkil etildi. Jafar Jabborli, Mikayil Mikayilov va boshqalar shu yerda tahsil oldilar. Filmlarning badiiy kayfiyatini oshirish, milliy kadrlarning rivojlanishiga yordam maqsadida Bokuga Vsevolod Pudovkin, Nikolay Shengelaya, Mixail Chiaureli kabi mashhur kinorejissyorlar, shuningdek, Aleksandr Galperin, Ivan Frolov, Dmitriy Feldman, Leonid Kosmatov, Yevgeni Shneyder va boshqa kinooperatorlar taklif qilindi, Jafar Jabborli, Abbos Mirza Sharifzoda va boshqalar kino ishiga jalb etildi.
AFKI keyinchalik „Azdavlatkino“ (1926-1930), „Azerkino“ (1930-1933), „Azfilm“ (1933), „Azdavlatsanoati“ (1934), „Azerfilm“ (1935-1940), „Boku kinostudiyasi“ (1941-1959) kabi nomlarda faoliyat yuritdi, 1961-yildan J. Jabborli nomidagi „Ozarbayjonfilm“ kinostudiyasi deb nomlandi.
Xurofot va jaholatga qarshi kurash, inqilob, ayol ozodligi 1920-yillarda Ozarbayjon kinosining asosiy mavzusi edi. „Bismillah“, „Vulqon ustidagi uy“, „Hoji Qora“ kabi kinoasarlari, shuningdek, oʻz ozodligi yoʻlida kurash olib borgan Ozarbayjon ayoli obrazini badiiy va real jihatdan ifoda qiluvchi „Sevil“ oʻsha davrda yaratilgan muvaffaqiyatli filmlardan hisoblanadi. XX asrning 20-yillarida Bokuda mahalliy operatorlar va xorijiy kino shirkatlarining namoyandalari tomonidan shahar hayotidan, neft maʼdanlaridan hikoya qiluvchi kinoxronikalar va hujjatli filmlar suratga olindi. 1920-yilda „Bokuda 9 oltin Qoʻshinning rasmiy chorrahasi“ nomli ilk xronik kinojurnal suratga olindi. Shu yili „Sharq xalqlarining birinchi qurultoyi“ xronika filmi ham namoyish qilindi. Keyingi yillarda muayyan hodisalar bilan bogʻliq kinoreportajlar tayyorlandi: „Sovet Ozarbayjonining 3-yubileyi“, „Suraxani neft maʼdanlarida yongʻin“, „Narimon Narimonov janozasi“, „Frunze ishtiroki bilan Oltin Qoʻshin manevri“ va boshqa hujjatli filmlar bilan birga ilmiy-ommabop filmlarning ham suratga olinishi boshlandi.
1925-yilda rejissyor Abbos Mirza Sharifzoda respublikaning madaniy va iqtisodiy hayotini hikoya qiluvchi „Ozarbayjonga sayohat“ filmini yakunladi. 1920-yillarda Ozarbayjon kinosida tarixiy-hujjatli filmlar bilan birga, tomoshabinlarni yosh respublikaning xoʻjalik va madaniy hayotidagi oʻzgarishlar bilan tanishtiruvchi „Ozarbayjon ekrani“ kinojurnali (yilda 4-5 nomer) chop etila boshlandi. Bu yillar Ozarbayjon hujjatli filmida Mikayil Mikayilov, Aleksandr Makovskiy, Aleksandr Litvinov kabi tajribali rejissorlar, Yakov Tolchan, Ivan Tartakovskiy kabi operatorlar faoliyat koʻrsatardi.
1930-yillar 200px|thumb|left|1932-yilda „Sevil“ filmi. 200px|thumb|left|1935-yilda „Sevgi oʻyinlari“ filmi. 200px|thumb|left|1947-yilda „Fatali Xon“ filmi. 1930-yillarda Ozarbayjon kinematografiyasida Sayfulla Badalov, Vladimir Yeremeyev, Alaskar Alakbarov va boshqalari faoliyat koʻrsata boshladilar. Bu sanʼatkorlarning filmlarida ilk besh yilliklarda respublikaning hayoti, kolxozning tashkil etilishi, madaniyat sohasidagi muvaffaqiyatlar, Ozarbayjonda neft sanoatining yangi texnika bilan jihozlanishi oʻz aksini topgandi. Hujjatli filmning imkoniyatlari bilan birga dardli inson obrazini jonlantirish sohasidagi urinishlar oʻsha davrning badiiy yutuqlaridan biridir.
1930-yillar boshlarida mavzusi zamonaviy hayotdan olingan, maishiy hayot badiiy shaklda tasvirlangan, shuningdek, tarixiy-inqilobiy mavzularda filmlar suratga olinardi: „Latif“, „Ismat“, „Olmos“ va „Yangi gorizont“, „Bokuliklar“, „Viloyatliklar“ va b.
1935-yilda Azerfilmning Moskvadagi Mejraypromfilm kinostudiyasi bilan birga ishlangan „Moviy dengiz sohilida“ badiiy filmi bilan Ozarbayjonda ovozli kino asarlari ishlab chiqarila boshlandi. Filmdagi bosh rollarda mashhur sovet kinoaktyorlari Lev Sverdlin, Nikolay Kryuchkov, Yelena Kuzmina va boshqalar ishtirok etdilar. 1936-1941-yillarda ekranlarda 10 dan ortiq ovozli film namoyish etildi. 1930-yillarda ovozli kinoning yaratilishi bilan hujjatli kinoning ham ijodiy imkonlari kengaydi. „Shuhratli Ozarbayjon“ bir qismli hujjatli xronika kinosaylanmasida ilk bora diktor matni ocherk qahramonlarining chiqishi bilan sinxron berildi. 1939-yildan „Ozarbayjon ekrani“ kinojurnali „Ordenli Ozarbayjon“ (yilda 36 raqam) nomi ostida chiqa boshladi, 1930-yillarning ovozsiz filmlaridan toʻliqmetrajli „Sharqqa yoʻl“, „Ozarbayjon sanʼati“ filmlari eʼtiborga molikdir.
1940-yillar 1940-yilda rejissorlar Mikayil Mikayilov va Vladimir Yeremeyev Ozarbayjonda Sovet hokimiyati tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan „Yigirmanchi bahor“ hujjatli filmini yaratdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida qahramon jangchilar Kamol Qosimov va Baxtiyor Karimovga bagʻishlangan „Vatan oʻgʻli“ va „Baxtiyor“ kinonovellalari, Mirza Fatali Axundovning hayot va faoliyatiga tegishli „Sabuhi“, bir-biriga syujetlar bilan bogʻlangan uch kinonovelladan iborat „Bir oila“, urush davrida dengizchilarning koʻrsatgan jasoratlariga bagʻishlangan „Suvosti kemasi T-9“ badiiy filmlari suratga olindi.
Ikkinchi jahon urushi paytida Ozarbayjon hujjatli kinosining bir guruh kino rejissorlari va operatorlari jang maydoniga borib, askarlarning qahramonliklarini suratga oldi. Oʻsha materiallar xususiy koʻrsatuv sifatida askarlarga koʻrsatish uchun turli frontlarga joʻnatildi. Bu davrda Ozarbayjon xalqining orqa frontdagi xizmatini aks ettirgan kinojurnallar, kinoocherklar ham yaratildi. „Vatan yoʻlida“, „Qaygʻu“, „Maktubga javob“ va b. 1944-yilda Boku kinostudiyasi Moskva Hujjatli Filmlar Studiyasi bilan birga Kaspiy dengizchilarining qahramonligidan hikoya qilgan „Kaspiyliklar“ toʻliq metrajli hujjatli filmni suratga oldilar.
1945-yilda Ozarbayjonda Sovet hokimiyati tuzilishining 25 yilligiga bagʻishlab rejissor Husayn Sayidzoda „Abadiy oʻtlar diyori“ toʻliq metrajli hujjatli filmni suratga oldi. Shu yili Uzeyir Hojibeyovning „Arshin mol oluvchi“ musiqali komediyasi qaytadan sahnalashtirildi. Rejissorlar Rizo Tahmasb va Nikolay Leshshenko milliy koloritdagi xalq yumorini saqlab qolish bilan porloq realist kinokomediya yarata oldilar. Film SSSR da, shuningdek, dunyoning bir necha mamlakatida muvaffaqiyat qozondi. „Arshin mol oluvchi“ filmi uchun rejissorlar Riza Tahmasb va Nikolay Leshshenko, bastakor Uzeyir Hojibeyov, aktyorlardan Rashid Behbudov, Laylo Badrbeyli, Odila Husaynzoda, Munavvar Kalantarli va Lutfali Abdullayev 1946-yilda SSSR Davlat mukofotiga loyiq koʻrildi.
Urushdan keyingi yillarda „Sovet Ozarbayjoni“ (Yilda 36 son, „Ordenli Ozarbayjon“ kinojurnalining yangi nomi) bilan birga „Yosh nasl“ (yilda 4 son) kinojurnali ham efirga uzatila boshlandi. 1945-50-yillarda hujjatli kino sohasida ssenaristlar Imron Abbasov, Adham Qulubeyov, rejissyorlar Zaynab Kazimova, Latif Safarov, operator Arif Narimonboyev, bastakorlar Qora Qorqayev, Tofiq Quliyev va boshqalar faoliyat koʻrsata boshladilar. Janubiy Ozarbayjon xalqining 1945-1946-yillardagi ozodlik kurashini hikoya qiluvchi „Arazning narigi tomonida“ toʻliq metrajli filmi diqqatga sazovor boʻldi.
1950-yillar
1940-yillar oxiri — 1950-yillar boshlarida Boku kinostudiyasining asosiy eʼtibori badiiy-hujjatli va publitsistik filmlarni suratga olishga yoʻnaltirildi, bu davrda faqat „Fatalixon“ va „Boku chiroqlari“ badiiy filmlari suratga olindi. Ozarbayjon kinosining yangi taraqqiyot bosqichi 1950-yillar oʻrtalaridan boshlanadi. Bu davrda milliy ssenarist, rejissyor, operator, rassom kadrlari yetishib chiqdi. Ularning koʻpchiligi Umumittifoq Davlat Kinematografiya Institutida taʼlim olganlar. Shu yillarda badiiy filmlar sonining koʻpayishi ularning mavzu doirasining kengayishiga sabab boʻldi. Ekranda ishchi va kolxozchilarning, turli kasb egalarining xizmati va hayoti oʻz aksini topdi: „Qizigan quyosh ostida“, „Qora toshlar“, „Soyalar poymol boʻlar“, „Uning keng koʻngli“, „Uni kechirish mumkinmi?“, „Bizning koʻcha“, „Katta tayoq“, „Telefonchi qiz“, „Oʻgay ona“.
Ozarbayjonda Sovet hokimiyati gʻalabasining 30 yilligi munosabati bilan 1950-yilda „Sovet Ozarbayjoni“ rangli toʻliq metrajli hujjatli film yaratildi. Film 1951-yilda Kann kinofestivalining maxsus mukofotiga loyiq koʻrildi. Keyingi yillarda zamonaviylik mavzusi xalq maishiy hayoti, mehnat yutuqlari hujjatli kino ustalarining ijodkorligida alohida joy olgandi: „S.M.Kirov nomidagi koʻrfazda“, „Ozarbayjon fani“, „Bizning Ozarbayjon“.
„Boku va bokuliklar“, „Ozarbayjon madaniyati bahori“, „150 yil. Mirza Fatali Axundov“ va boshqa sovet kinosi sanʼatining taniqli namoyandalaridan hisoblangan „Kaspiy dengizchilari haqida doston“ va „Dengizni fath etganlar“ filmlarini rejissor Roman Karmen Boku kinostudiyasida suratga olgan. Oʻsha yillarda dengiz neftchilarining fidokor xizmati va hayoti aks etgan. Bu filmlarga koʻra rejissyor Roman Karmen, operatorlar Javanshir Mammadov va Sergey Medinskiy Lenin mukofotiga loyiq koʻrildilar.
Boku kinostudiyasida turli mavzularda filmlar suratga olingan. 1957-yilda suratga olingan „Bir mahallali ikki yigit“ filmi Sharq mamlakatlaridan birida xalqning ozodlik va demokratiya yoʻlidagi kurashidan hikoya qiladi. Partisan Mehdi Husaynzodaga bagʻishlangan „Uzoq sohillarda“ filmi esa Ozarbayjonning, shuningdek, sobiq sovet kinosi yutuqlaridandir. Dinamik, ziddiyatli hodisalar, aniq berilgan xarakterlar, operator va rejissyor ishining yuksak saviyasi filmga katta shuhrat keltirgan.
1960-yillar 1960-yillar boshlaridan Ozarbayjonda rangli filmlarning suratga olinishi kengayib bordi. „Goʻroʻgʻli“ badiiy filmi Ozarbayjon katta ekranli rangli kinosining ilk namunasidir. „Sahar“ filmi Bokuda 1905-1907-yillar inqilob hodisalaridan hikoya qiladi. „Qoʻshiq shunday yaraladi“ filmi Dogʻiston xalq shoiri Sulaymon Stalskiyga bagʻishlangan. „Muhabbat dostoni“ „Layli va Majnun“ mavzulari asosida suratga olingan.