Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov (; 1959-yil, Namangan viloyati) – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri (2015-yildan).

Biografiyasi Ismoilov Nuriddin Moʻydinxanovich 1959-yili Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Ma’lumoti – oliy. 1980-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – huquqshunos, yuridik fanlari nomzodi..

Mehnat faoliyatini 1980-yilda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani prokuraturasining stajori sifatida boshlagan. 1981—1989-yillarda Chust tumanlararo prokurorining yordamchisi, Uchqoʻrgʻon tumanlararo prokurorining yordamchisi, Namangan viloyati prokurorining katta yordamchisi lavozimlarida ishlagan. 1985—1989-yillarda Uychi tumani prokurori, 1989—1995-yillarda Namangan viloyati Adliya boshqarmasining boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

1995—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, raisihttp://www.trt.net.tr/uzbek/turk-dunyosi/2015/01/13/nurdinjon-ismoilov-oliy-majlis-qonunchilik-palatasi-spikeri-183293, 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspertlar guruhining rahbari, 2002—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat olib borganQonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasini saylash toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida. 2001–2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda ishlagan. 2015-yil 12-yanvarda Qonunchilik palatasi spikeri etib saylanganOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerini saylash toʻgʻrisida.

Mukofotlari

„Shuhrat“ medali „Doʻstlik ordeni“ Mehnat shuhrati ordeni

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar