Nukus xalqaro aeroporti (, Nөkis Aeroporti) – Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Aeroport Nukus shahridan tashqarida, uning shimoliy qismida joylashgan.
Tarixi 1960-yillarda qurilgan aerodromning sunʼiy (asfalt-beton) uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 1900 m boʻlgan (hozir u avtomobil yoʻli sifatida ishlatiladi).
1980-yillarning boshlarida eski uchish-qoʻnish yoʻlagiga parallel ravishda uzunligi 2500 m boʻlgan yangi beton uchish-qoʻnish yoʻlagi qurildi va 1990-yillarning boshlarida u 3000 m gacha uzaytirildi, bu esa hajmi kengroq Il-86 samolyotlarini joylashtirish imkonini berdiIl-86. Istoriya serii. . Nukus aerodromidan SSSR davrida Orolboʻyida zaxira aerodromi sifatida foydalanilgan.
1960-yillardan 1990-yillarning boshlariga qadar aeroportdan An-2 samolyotlarida mahalliy havo liniyalarida (xususan, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Urganch, Taxtakoʻpir, Qozoqdaryo, Aspantay, Tuley punktlariga) yoʻlovchi reyslari amalga oshirilgan.
1990-yillar boshigacha SSSR Fuqaro aviatsiyasi vazirligining Oʻzbekiston boshqarmasining 162-parvoz otryadi (An-2, Yak-40 samolyotlari) Nukus aerodromida joylashgan edi.
Sovet davrida Nukus aerodromidan harbiy aerodrom sifatida ham foydalanilgan. Bu yerda 287-alohida sinov aviatsiya eskadroni joylashgan – 22581-harbiy qism (An-26 samolyotlari, Mi-8 vertolyotlari) yaqin atrofdagi Ustyurt platosida ishlagan „Sakkizinchi kimyoviy mudofaa stansiyasi“ harbiy poligonini qoʻriqlagan. 1993-yilda eskadron Rossiyaga Bagay-Baranovka aerodromiga koʻchirildi.
1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Nukus aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan.
2005-yilda aeroportda yangi terminal qurildi, 2006—2007-yillarda zamonaviy yoritish uskunalari oʻrnatildi.
2014-yil holatiga koʻra, bir qator An-2 samolyotlari Nukus aerodromida joylashgan boʻlib, Qoraqalpogʻistonda aviatsiya ishlarida foydalaniladi.
2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Nukus aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.
Tavsifi Nukus xalqaro aeroportidan respublika ichidagi, shuningdek xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari, charter yuk tashuvlari bajariladi. Aerodrom „B“ klassga mansub va deyarli barcha turdagi samolyotlar va vertolyotlarni qabul qila oladi. 1-klass samolyotlari uchun uchish qoʻnish yoʻlagining uzunligi 3000 metr, kengligi – 45 metr, uning boʻylamasiga ICAO 1-toifasiga javob beradigan zamonaviy yorugʻlik signal beruvchi jihozlar oʻrnatilgan. Xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy, aeronavigatsion va meteojihozlar mavjud. Aerovokzal bir soatda 200 tagacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. Aerovokzal majmuasi ikkita terminaldan iborat boʻlib, uchib ketadigan va uchib keladigan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zallari, xalqaro va mahalliy yoʻnalishlardagi bagajga, pochtaga va yukka ishlov berish kabilarni oʻz ichiga oladi. Aeroportning asosiy funksiyasi – xalqaro va mahalliy yoʻnalishlardagi havo yoʻllariga sifatli xizmat koʻrsatish, havo transporti sohasida tadqiqotlar olib borish va yangi ishlanmalar hamda texnologiyalarni joriy etishdan iborat. 2018-yil 11-iyuldan Nukus xalqaro aeroportining yangilangan yoʻlovchi terminali ishga tushdi. Terminal hozir soatiga 400 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Konysbay Nuratdinovning (Nukus xalqaro aeroporti yoʻlovchi tashish xizmati rahbari) maʼlum qilishicha, Qozogʻistonning Scat Airlines aviakompaniyasi bilan Olmaota va Oqtaudan Nukusga reyslar ochish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Nukus aeroportida 2019-yil yozidan „Ochiq osmon“ rejimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. 2020-yil 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida „Ochiq osmon“ rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi imzolandi. Buyruqqa muvofiq „Ochiq osmon“ rejimi Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy va Urganch shaharlaridagi aeroportlarda hech qanday cheklovlarsiz tashkil etililishi belgilandi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Statistika +Nukus xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarYoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2023 240 368 2 295 2024 324 362 35,0% 2 960 29,0% Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 330 707 2,0% 2 827 -4,5%
Manbalar
Turkum:Qoraqalpogʻiston aeroportlari Turkum:Oʻzbekiston harbiy aerodromlari Turkum:Nukus bino va inshootlari