Gʻulomjon Inomovich Ibragimov (1958-yil, Toshkent) — Toshkent viloyati hokimi (2017—2019), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2010—2017).

Tarjimai holi 1985—1992-yillarda Olmaliq kimyoviy zavodida yoshlar tashkiloti kotibi, zavod direktori yordamchisi, direktor o’rinbosari, direktor lavozimlarida ishlagan. 1992—2004-yillarda «Olmaliq ammofos aksiyadorlik jamiyati» OAJ bosh direktori. 2004—2010-yillarda «Oʻzkimyosanoat» kompaniyasi boshqaruv raisi. 2010—2017-yillarda Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari — geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo majmuasi rahbari. 2017—2019-yillar Toshkent viloyati hokimiIkki viloyat hokimi va prokurori ishdan olindihttps://m.kun.uz/news/2019/06/04/toshkent-viloyati-hokimi-ishdan-ketdi. 2019-yildan — Toshkent viloyatidagi "1-rezotexnika zavodi" MCHJ direktori.

Tanqid 2012-yil Islom Karimov boshchiligida oʻtkazilgan hukumat yalpi majlisida prezident Karimov amalga oshirilishi lozim boʻlgan investitsion loyihalardagi oqsoqliklarga yoʻl qoʻyilgani uchun Gʻulomjon Ibragimovni ayblab, unga dakki beradi. Xususan, u loyihalarni amalga oshirishda zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrmaganligi uchun tanqid qilinadi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent viloyatining hokimlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari