„Changing Times, Changing Tenses“, toʻliq nomi „Changing Times, Changing Tenses: A Review of the English Tense System“ () – Patricia Wilcox Peterson qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. Ilk bor 1980-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligining () Ingliz tili dasturlari boʻlimi () tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan. Ingliz tilini boshlangʻich hamda oʻrta darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan asar Petersonning ikkinchi qoʻllanmasi – „Developing Writing“ kitobi bilan bir qatorda jahon boʻylab ingliz tilini oʻqitish kurslarida keng qoʻllanadi.
„Changing Times, Changing Tenses“ qoʻllanmasida ingliz tili zamonlari batafsil koʻrib chiqilgan. Peterson ingliz tili zamonlari murakkab ekanligini taʼkidlasa-da, ularni oʻquvchiga tushunarli shaklda taqdim etgan. Shunday boʻlsa-da, kitobda „to be“ bogʻlovchi feʼli yetarlicha batafsil tushuntirib berilmagani tanqid qilingan. Oʻquvchi mavzuni oson oʻzlashtirishi uchun kitob koʻp sonli fotosuratlar bilan bezalgan boʻlib, ularning aksari „The Denver Post“ gazetasidan olingan.
Manbalar
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar Turkum:Patricia Wilcox Peterson kitoblari