„Ulugʻ kun“ — oʻzbek yozuvchisi Iboxon qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1959-yil Toshkent shahrida „Oʻzadabiynashr“ nashriyotida chop etilgan, 1982-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida qayta chop etilgan.

Asarda Ikkinchi jahon urushi yillari davomida ota-onasidan ajralgan bolalar hayoti haqida hikoya qilinadi. „Ulugʻ kun“ sovet davrida oʻzbek tilidagi bolalar adabiyotiga salmoqli hissa qoʻshgan Iboxonning eng taniqli asarlaridan biri boʻlib, „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“da asardan bir necha iqtibos keltirilgan.

Syujeti Bosh qahramonlar Hasan va Zuhraning otasi urushga chaqiriladi va bolalarini qoʻshni ayol Qumri xolaga topshiradi. Otalarining iltimosiga koʻra, Qumri xola bolalarni maxsus hunar maktabiga yuboradi.

Maktab direktori va boshqalar ularni juda yaxshi kutib oladi. Zuhra oʻzi xohlaganday elektroobmotka sexida, Hasan esa slesar-remontchilik boʻlimida ishlashni boshlaydi. Lekin Hasan mashinist boʻlishni xohlagandi. Hasanning istagini bilgan oʻqituvchilari uch yilda slesarlikni tamomlagandan keyin, mashinistlarni hozirlovchi maxsus maktabga yuborishga vaʼda berishadi.

Uch yildan soʻng Zuhra oʻzi xohlaganday elektrik boʻlib yetishadi. Hasan esa mashinistlikni oʻrganish uchun maxsus oʻqishga yuboriladi. Oradan yillar oʻtib, Hasan ham mashinist boʻlib yetishadi. Oʻqituvchilari Hasan va Zuhradan juda mamnun boʻlishadi. Hasan va Zuhra otalari xohlaganday yaxshi hunar egalari boʻlib yetishishadi.

Qahramonlari Hasan – ota-onasidan yetim qolgan oʻsmir; bosh qahramon Zuhra – Hasanning singlisi; bosh qahramon Qumri xola – qoʻshni ayol Gorbunov – maxsus hunar maktabi direktori Kuznetsov – maktab bosh masteri Tursunov – komsorg (komsomol tashkilotchisi) Omonov – bosh tarbiyachi Yoʻldosh – Hasanning doʻsti

Manbalar

Turkum:Qissalar