„Samanta“ () — rus yozuvchisi Yuriy Yakovlev yozgan qissa va hikoyalar toʻplami. 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplam oʻrta maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan.
Toʻplamga Yakovlevning taniqli „Samanta“ qissasining ilk va yagona oʻzbekcha tarjimasi kiritilgan boʻlib, uni oʻzbekchaga Baxtiyor Bobonov oʻgirgan. Qissada Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi bosh kotibi Yuriy Andropov bilan maktub orqali yozishgan va pirovardida kotib taklifi bilan Sovet Ittifoqiga tashrif buyurgan AQShlik qizaloq Samantha Smith haqida hikoya qilinadi. Toʻplamga kiritilgan uch hikoyani esa Mirzamurod Alimov tarjima qilgan. Hikoyalarda Ikkinchi jahon urushi fojialari haqida soʻz yuritiladi.
Qissa va hikoyalar Qissalar „Samanta“ (Baxtiyor Bobonov tarjimasi)
Hikoyalar „Koʻktargʻoq“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi) „Boʻlinma turgan joyda“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi) „Yulya“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi)
Manbalar
Turkum:Hikoya kitoblar Turkum:Qissalar