„Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar“ () – rus yozuvchisi Yuriy German qalamiga mansub hikoyalar seriyasi. Rus inqilobchisi va siyosatchisi Feliks Dzerjinskiyning hayoti va revolyutsion faoliyatiga bagʻishlangan. Hikoyalarni German Maksim Gorkiy tavsiyasi bilan yoza boshlagan. 1938-yildan boshlab jurnallarda eʼlon qilingan hikoyalar 1947-yil Leningrad shahrida „Detgiz“ nashriyotida toʻplam oʻlaroq chop etilgan.
Hikoyalar asosida 1956-yil „Za tyuremnoy stenoy“ () pyesasi yozilgan. Pyesa 1950-yillarning oxiri, 1960-yillarning boshida bir necha teatrda sahnalashtirilgan. Shuningdek, 1963-yil rejissyor Meri Andjaparidze hikoyalar asosida „Slushay-ay!..“ () filmini suratga olgan. Filmda hikoyalardagi kabi sovet mafkurasiga mos ravishda Dzerjinskiy obrazi ideallashtirilgan boʻlib, adabiyotshunos Lev Levin filmda „haqiqiy inqilobiy koʻtarinkilik“ borligini eʼtirof etgan.
Hikoyalarni Xayrulla Ergashev oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1978-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha toʻplamga ruscha nashrdagi 27 hikoyaning faqat 11 tasi kiritilgan.
Oʻzbekcha tarjimasi Asarni oʻzbek tiliga 1955-yil Leningrad shahrida „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Xayrulla Ergashev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashrga ruscha nashrdagi 27 hikoyaning faqat 11 tasi kiritilgan. Oʻzbekcha nashr 1978-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.
Hikoyalar „Repetitor“ „Boshmoqlar“ „Hovli sayri“ „Turmadagi qoʻzgʻolon“ „Qochish“ „Novominsk qissasi“ „Anhor“ „Bolalar“ „Suratlar“ „Poʻstin“ „Tor koʻchada“
Manbalar
Havolalar „Feliks Dzerjinskiy haqida hikoyalar“ Lib.ru saytida
Turkum:Hikoya kitoblar