Solih Masjidi, Al Solih Masjidi (جامع الرئيس الصالح) – Yaman poytaxti Sano shahridagi eng yirik masjid. 2008-yil noyabrda Prezident Ali Abdulloh Solih sharafiga barpo etilgan . 27.300 metr (294.000 metr) kattalikda joylashgan masjidda 13596 kvadrat metr (146.350 kvadrat metr) boʻlgan markaziy zali boʻlib, 44.000 kishini sigʻdira olish imkoniyati mavjud. Qurilish uchun deyarli 60 million AQSh dollari sarflandi. Musulmon boʻlmaganlar uchun ochiq, masjidga sayyohlar tez-tez tashrif buyuradi.

Tarixi 2008-yilda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan azob chekayotgan bir paytda, Solih bunday ulkan loyiha amalga oshirgani uchun tanqid qilindi. Uning qurilishi paytida bir nechta baxtsiz hodisalar yuz berdi: minoralar qulab tushdi va odamlar oʻldi. Ushbu hodisalardan keyin, bu joyda Islom kollejini va masjidning yonidagi bogʻni qurish reja qilingan. Shuningdek, mahalliy tadbirkor Hayil Said, agar masjid qurilishi uchun pul olmasa, oʻz biznes litsenziyasini bekor qilish bilan tahdid solganligi aytilgan.

Masjid 2017-yil dekabr oyida Husiylar va Solih tarafdorlari oʻrtasidagi nizolar paytida diqqat markazida edi. Oʻsha paytda Sano shahrida husiylar masjidning gumbazini yashil rangga boʻyashni rejalashtirganligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Masjid tasviri Yaman milliy valyutasida koʻrsatilgan. 2009-yilgi 250 yaman riyoli aversida tasvirlangan.

Qurilishi Masjid qurilishida qora bazalt toshlaridan, qizil, oq va qora rangdagi changtoshlardan foydalanilgan. Binoni oʻzining arxitekturalik bezaklarini Makkadagi Masjid al-Haram bilan solishtiradilar. „Yaman arxitekturasi va Islom uslublari“ning birlashtirilishi bilan qurilgan, devorlarga koʻplab Qur’on oyatlari yozilgan.

Binoning yettita gumbazi mavjud. Asosiy tomda beshta gumbaz bor, uning diametri 27,4 metr (90 fut) va tomidan 39,6 metr (130 fut) balandlikda joylashgan. Qolgan toʻrtta gumbaz 15.6 metr (51 fut) va masjidning tom darajasiga nisbatan 20.35 metr (66.8 fut) balandlikda joylashgan. Temir bilan qurilgan qavatlar mahalliy miqyosda „qamariyah“ deb ataladi. Oʻn besh yogʻoch eshikdan oʻntasi sharqiy va gʻarbiy tomonda joylashgan, beshtasi islom kollejlari va tahoratxonaga qarab janubiy tomonga ochilgan. Eshiklar balandligi . Oltita minoralarning toʻrttasini balandligi boʻlgan.

Ichki xona balandligi yerdan shiftgacha 24 metr. Ulkan qandillar rangli va gulga oʻxshash shakllarga ega. Qur’on kollejini oʻz ichiga olgan uch qavatli binoda 600 nafar talabaga moʻljallangan kutubxonalar va sinfxonalar mavjud. Uchta katta xona va kichik zal 2000 nafar ayollar uchun maxsus ajratilgan.

Masjidda zamonaviy markaziy shamollatish va ovoz tizimi, xavfsizlik choralari mavjud. Binoni tun davomida yoritib turadigan chiroqlar oʻrnatilgan. Diah International qurilish va mexanik muhandislik uchun subpudratchi sifatida xizmat qildi. Sodaco Engineering & Contracting ham binoning qurilishida xizmat koʻrsatdi.

Manbalar

Turkum:Yamandagi masjidlar