Misrdagi Giza piramidalari (shuningdek, Giza nekropoli deb ham ataladi) Buyuk piramida, Xafra piramidasi va Menkaura piramidasi, shuningdek, ular bilan bog‘liq piramida majmualari hamda Katta sfinksni o‘z ichiga oladi. Ularning barchasi Qadimgi Misrning Qadimgi podsholik davridagi IV sulola hukmronligi davrida, miloddan avvalgi taxminan 2600–2500-yillarda qurilgan. Bu hududda, shuningdek, bir nechta ibodatxona, qabriston va ishchilar qishlog‘ining qoldiqlari mavjud.

Ushbu hudud Gʻarbiy choʻl chekkasida, Giza shahri hududida Nil daryosidan taxminan gʻarbda va Qohira shahar markazidan taxminan janubi-gʻarbda joylashgan. U 1979-yilda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan „Memfis nekropoli“ obyektining maydonnini egallagan. Piramidalar majmuasiga Abusir, Saqqara va Dahshur piramidalari majmualari kiradi. Ularning barchasi Misrning qadimgi poytaxti — Memfis shahri yaqinida qurilgan. Qadimgi podsholik davriga oid boshqa piramidalar majmualari Abu Rawash, Zawyet El Aryan va Meidum hududlarida joylashgan. Piramidalarni qurishda ishlatilgan ohaktoshning katta qismi ularning ostida joylashgan Mokattam formatsiyasidan olingan.

Buyuk piramida va Xafra piramidasi — Qadimgi Misrda qurilgan eng yirik piramidalar boʻlib, tarixan Gʻarb dunyosining Qadimgi Misr haqidagi tasavvurida uning ramzlari sifatida keng qoʻllanib kelganOʻrta asrlarda ayrim sayohatchilar esa ularni „Yusufning omborlari“ deb hisoblagan. Masalan, ispan sayyohi Pedro Tafur 1436-yilda shunday fikr bildirgan (Pedro Tafur, Andanças e viajes).. Ular Ellinizm davrida yanada mashhur boʻlgan. Oʻsha davrda Sidonlik Antipater Buyuk piramidani Dunyoning yetti moʻjizasidan biri sifatida qayd etgan. U qadimgi moʻjizalar orasida eng qadimiysi boʻlib, hozirgacha saqlanib qolgan yagona moʻjizadir.

Maadi manzilgohlari Giza platosidagi eng qadimgi manzilgoh piramidalar majmualaridan avval paydo boʻlgan. Buyuk piramida etagidan Maadi madaniyatiga oid toʻrtta koʻza topilgan boʻlib, ular, ehtimol, avvalgi manzilgohning buzilgan qatlamlaridan qolgan. Katta Qohira oqova suv loyihasi doirasidagi ishlar davomida ushbu hudud yaqinidan Maadi madaniyatiga oid yana bir manzilgoh topilgan. Radiokarbon usulida olingan sanalarni yaqinda qayta baholash natijasida Maadi madaniyatiga nom bergan manzilgoh taxminan miloddan avvalgi 3800–3400-yillarga oid ekani aniqlangan. Giza hududidan topilgan qoldiqlarning yoshi ham, ehtimol, shu oraliqdan oshmaydi.

Piramidalar va Sfinks

Giza piramidalari majmuasi Buyuk piramida (Xufu yoki Xeops piramidasi nomi bilan ham tanilgan; taxminan miloddan avvalgi 2580–2560-yillarda qurilgan), undan janubi-gʻarbda bir necha yuz metr uzoqlikda joylashgan biroz kichikroq Xafra piramidasi (yoki Xefren piramidasi) hamda yana bir necha yuz metr janubi-gʻarbda joylashgan nisbatan kichik Menkaura piramidasidan (yoki Mikerin piramidasidan) iborat. Katta sfinks majmuaning sharqiy qismida joylashgan. Misrshunoslar orasida Katta sfinksning boshi Xafra tasvirlangan degan fikr keng qabul qilingan. Ushbu yirik yodgorliklardan tashqari, majmuada „malikalar piramidalari“ deb ataluvchi bir nechta kichik yordamchi inshootlar, marosim yoʻlaklari va ibodatxonalar ham mavjudVerner, Miroslav. The Pyramids: The Mystery, Culture, and Science of Egypt's Great Monuments. Grove Press. 2001 (1997). . Arxeologik inshootlardan tashqari, hududning qadimgi tabiiy landshafti ham oʻrganilgan.

Xufu majmuasi

Xufu piramidasi majmuasi tarkibiga hozirda Nazlet al-Samman qishlogʻi ostida koʻmilib qolgan vodiy ibodatxonasi kiradi. Bu yerdan diabaz toshidan yasalgan qoplama va nummulitli ohaktoshdan qurilgan devorlar topilgan, biroq hududda arxeologik qazish ishlari olib borilmagan. Vodiy ibodatxonasi marosim yoʻlagi bilan bogʻlangan boʻlib, qishloq qurilishi vaqtida bu yoʻlakning katta qismi vayron boʻlgan. Yoʻlak Xufuning dafn marosimlari ibodatxonasiga olib borgan, u esa piramida bilan tutashgan. Ushbu ibodatxonadan faqat bazalt qoplamasi saqlanib qolgan. Podshoh piramidasi bilan bogʻliq uchta kichik malika piramidasi (G1-a, G1-b va G1-c) hamda kemalar uchun moʻljallangan uchta chuqur mavjudPorter, Bertha and Moss, Rosalind L. B. Topographical Bibliography of Ancient Egyptian Hieroglyphic Texts, Reliefs, and Paintings. Volume III. Memphis. Part I. Abû Rawâsh to Abûṣîr. 2nd edition, revised and augmented by Jaromír Málek, The Clarendon Press, Oxford 1974. PDF from The Giza Archives, 29,5 MB Retrieved 10 February 2017.. Kema chuqurlarida kemalar boʻlgan, piramidaning janubiy tomonidagi ikkita chuqurdan esa qazish ishlari paytida butun holatda saqlangan kemalar topilgan. Ulardan biri — Xufu kemasi qayta tiklangan. Dastlab u Giza quyosh kemasi muzeyida namoyish etilgan, keyinchalik esa Buyuk Misr muzeyiga koʻchirilgan.

Xufu piramidasi poydevori yaqinida asl tashqi qoplama toshlarining oz qismi hanuzgacha saqlanib qolgan. Ushbu qoplama toshlari Tura konlaridan qazib olingan sifatli oq ohaktoshdan tayyorlangan.

Xafra majmuasi

Xafra piramidasi majmuasi vodiy ibodatxonasi, Sfinks ibodatxonasi, marosim yoʻlagi, dafn marosimlari ibodatxonasi va podshoh piramidasidan iborat. Vodiy ibodatxonasidan Xafraning bir nechta haykali topilgan. Ularning ayrimlarini 1860-yilda Mariett ibodatxona polidagi quduqdan topgan. Boshqalari esa Ziglin (1909–1910), Yunker, Reysner va Hassanning keyingi arxeologik qazish ishlari davomida aniqlangan. Xafra majmuasida kemalar uchun moʻljallangan beshta chuqur va ichida serdab joylashgan yordamchi piramida ham boʻlgan.

Xafra piramidasi balandroq joyda qurilgani va uning yon tomonlari qiyaligi tikroq boʻlgani sababli, yonidagi Xufu piramidasidan kattaroq koʻrinadi. Aslida esa uning balandligi ham, hajmi ham kichikroq. Xafra piramidasining choʻqqi qismida tashqi qoplama toshlarining katta qismi hanuzgacha koʻzga tashlanadi.

Menkaura majmuasi

Menkaura piramidasi majmuasi vodiy ibodatxonasi, marosim yoʻlagi, dafn marosimlari ibodatxonasi va podshoh piramidasidan iborat. Vodiy ibodatxonasida bir vaqtlar Menkauraning bir nechta haykali boʻlgan. V sulola davrida vodiy ibodatxonasiga kichikroq old ibodatxona qoʻshilgan. Dafn marosimlari ibodatxonasidan ham Menkauraning bir nechta haykali topilgan. Miloddan avvalgi taxminan 2510-yilda qurib bitkazilgan podshoh piramidasi uchta yordamchi, yaʼni malika piramidasiga ega. Majmuadagi toʻrtta yirik yodgorlik orasida bugungi kunda faqat Menkaura piramidasining asl sayqallangan ohaktosh qoplamasi toʻliq yoʻqolgan holda koʻrinadi.

Sfinks

Sfinks podshoh Xafra hukmronligi davrida yaratilgan. Yangi podsholik davrida Amenxotep II Hauron-Haremaxetga bagʻishlab yangi ibodatxona qurdirgan. Keyingi hukmdorlar ushbu inshootni kengaytirib, unga qoʻshimchalar kiritgan.

Qirolicha Xentkaus I maqbarasi

Xentkaus I Gizaga dafn etilgan. Uning LG 100 va G 8400 raqamlari bilan maʼlum boʻlgan maqbarasi Markaziy hududda, Menkauraning vodiy ibodatxonasi yaqinida joylashgan. Qirolicha Xentkausning piramida majmuasi uning piramidasi, kemalar uchun moʻljallangan chuqur, vodiy ibodatxonasi va piramida shaharchasini oʻz ichiga oladi.

Qurilishi

Piramidalar qurilishi haqidagi aksariyat nazariyalar ulkan toshlarni konlardan olib chiqib, sudrab tashish va kerakli joyiga ko‘tarib o‘rnatish g‘oyasiga asoslanadi. Toshlarni tashish va joylashtirishning taklif etilgan turli usullari qay darajada amalga oshirilishi mumkinligi borasida kelishmovchiliklar mavjud.

Toshlarni tashishning ehtimoliy usullaridan biri katta tosh plitalarni yog‘och chanalarga joylashtirib, ularni materiallarni silliqroq siljitish uchun suv bilan ho‘llangan yer ustidan tortishdan iborat bo‘lgan.

Piramidalarni qurish jarayonida me’morlar o‘z usullarini vaqt o‘tishi bilan takomillashtirgan bo‘lishi mumkin. Ular poydevor uchun qumni emas, balki nisbatan tekis va mustahkam asosni ta’minlaydigan qoya jinslarining sirtini tanlaganlar. Qurilish maydonini sinchiklab o‘lchab, toshlarning birinchi qatlamini yotqizgach, piramidalarni bir-birining ustiga gorizontal qatlamlar joylashtirish orqali barpo etganlar.

Buyuk piramida ulkan miqyosdagi me’moriy loyiha bo‘lib, qurilgan davrida dunyodagi eng baland inshoot hisoblangan. Uni qurishda 5,5 million tonna ohaktosh va 8 000 tonna granit ishlatilgan. Toshlarning aksariyati qurilish maydonining o‘zidan qazib olingan, ayrimlari esa Turadagi konlardan olinib, Nil daryosi bo‘ylab sol va barjalarda Giza yassitog‘ligiga olib kelingan. Hozirda Buyuk piramidaning quyi qismida tashqi qoplamaning atigi bir nechta toshi o‘z joyida saqlanib qolgan. O‘rta asrlarda (V–XV asrlar) qolgan toshlar Qohira shahridagi qurilish loyihalarida foydalanish uchun olib ketilgan bo‘lishi mumkin.

Nisbatan yumshoq ohaktosh plitalarini kesish va yo‘nish uchun mis asboblardan foydalanilgan. Qattiqroq granitni yemirish uchun esa dag‘al kukunlar va qumdan foydalanilgan, so‘ngra uni kesishda mis asboblar ishlatilgan.

Piramidaning simmetrik shaklini saqlash uchun tashqi qoplama toshlarining balandligi va kengligi bir xil bo‘lishi kerak edi. Ishchilar piramida devorlarining qiyalik burchagini ko‘rsatish uchun barcha bloklarga belgi qo‘ygan hamda ular bir-biriga aniq mos tushishi uchun sirtlarini sinchiklab tekislagan bo‘lishi mumkin. Qurilish vaqtida toshlarning tashqi yuzasi silliq ohaktosh bilan qoplangan edi, ammo vaqt o‘tishi bilan ortiqcha tosh qatlamlari yemirilib ketgan.

Buyuk piramida qurilishining yakuniy bosqichlari haqidagi yangi ma’lumotlar 2013-yilda Wadi al-Jarfdan topilgan papiruslar, ayniqsa, jamoasi Tura konlaridan oq ohaktoshni Gizaga yetkazishga mas’ul bo‘lgan nazoratchi Mererning kundaligi topilishi orqali qo‘lga kiritildi. Ushbu kundalik allaqachon nashr etilgan edi. Shuningdek, mazkur kashfiyotning ahamiyati haqida keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan asar ham chop etilgan.

Asrlar davomida piramidalar qurilishiga qancha vaqt va mehnat sarflangani haqida ko‘plab bahslar bo‘lib kelgan. Qurilish haqidagi eng qadimgi ma’lumotni yozib qoldirgan yunon tarixchisi Gerodotning ta’kidlashicha, loyiha 20 yil davom etgan va unda har safar uch oylik navbat bilan ishlaydigan 100 000 kishi qatnashgan. Zamonaviy tarixchilar esa qurilish 20–27 yil davom etganini va yil davomida doimiy ravishda 20 000–30 000 ishchi mehnat qilganini taxmin qiladilar.

Maqsadi

Xufu piramidasi majmuasi (Giza buyuk piramidasi deb ham ataladi; u Giza piramidalari orasida eng katta va eng qadimiysidir) dastlab Misr fir’avni Xufu (yunon tarixchisi Gerodot ishlatgan ismning yunoncha shakli — Xeops nomi bilan ham mashhur) buyrug‘i bilan qurila boshlangan. Xufu vafotidan so‘ng uning o‘g‘li uchun Xafra piramidasi barpo etilgan. Nihoyat, Xafraning o‘g‘li uchun Menkaura piramidasi qurilgan. Piramidalar tegishli fir’avnlar uchun maqbara va ularning narigi dunyoga ko‘tarilishiga ko‘maklashadigan maskan sifatida bunyod etilgan.

Fir’avn ruhining ka deb ataluvchi bir qismi uning jasadi bilan birga qoladi, deb ishonilgan. Marhumning qoldiqlarini to‘g‘ri saqlash „sobiq fir’avnning o‘liklar shohi sifatidagi yangi vazifalarini bajarishi“ uchun zarur hisoblangan. Taxminlarga ko‘ra, piramida fir’avn uchun nafaqat maqbara, balki narigi dunyoda unga kerak bo‘ladigan turli buyumlar saqlanadigan joy vazifasini ham bajargan. Qadimgi misrliklar yerdagi o‘lim narigi dunyoga sayohatning boshlanishi deb hisoblashgan. Shohning mumiyolangan jasadi uni himoya qilish, ruhining o‘zgarishi va o‘limdan keyingi hayotga ko‘tarilishiga imkon berish uchun piramida ostiga yoki uning ichiga dafn etilgan.

Piramidalar, shuningdek, barcha fir’avnlarning otasi deb hisoblangan Misr quyosh xudosi Ra bilan bevosita aloqa o‘rnatish uchun mo‘ljallangan edi. Ra har kuni osmon bo‘ylab sayohat qiladi, deb ishonilgan. Piramidalarning shakli quyosh nurlarini ramziy ifodalashi, qiya tuzilishi esa marhum fir’avn ruhining Ra huzuriga ko‘tarilishi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lak yoki zinapoya vazifasini bajarishi kerak edi.

Astronomiya