right|230px|thumb|Oʻzbekiston avtomobil davlat raqami tavsifi right|200px|thumb|Avtomobil raqamlaridagi harflar va raqamlar uchun lotincha FE-Shriftdan foydalaniladiright|thumb|120px|1989—2000-yillarda amalda boʻlgan avtomobil raqami Oʻzbekiston avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari, qisqacha ROʻDRB — Oʻzbekiston Respublikasida barcha turdagi transport vositalarini qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir.

1920-yillardan ishlab chiqarila boshlangan. 1938, 1944, 1977, 1989 va 1996-yilda oʻzgargan. Hozirgi avtomobil raqamlari 2008-yil 1-oktyabrdan boshlab joriy etilgan.

Davlat raqami belgilarini ishlab chiqarish, tarqatish va nazorat qilish mamlakatdagi vazirlik, idora va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat raqamlari oʻlchami boʻyicha 2 turga, qoʻllanishi boʻyicha 15 turga boʻlinadi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun chiroyli kombinatsiyadagi avtomobil raqamlari auksion orqali sotiladi.

Oʻzbekistondagi 14ta hududiy subyekt uchun turlicha avtomobil raqamlari amal qiladi.

Tarixi Oʻzbekistonda avtomobil raqamlari 1920-yillardan ishlab chiqarila boshlagan. 1938, 1944, 1977-yillarda yangi namunalar chiqarilgan. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 2000-yilgacha amal qilgan. 1996-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2012-yil 31-dekabrgacha amal qildi.

2008-yil 1-oktyabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi namunadagi davlat raqamlari joriy qilindi. Avtomobil raqamlari yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlamga, qalbakilashtirishga qarshi suv belgilariga va korroziyaga qarshi xususiyatga ega.

Chiroyli kombinatsiyadagi avtomobil raqamlari 2017-yildan boshlab auksion orqali narx oshib borishi tartibida sotiladi.

2021-yil 1-noyabrdan boshlab elektromobillar uchun hudud raqami yashil rangli avtoraqam berilishi tartibi joriy qilindi.

Davlat raqamlarini beruvchi yuridik shaxslar Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Avtoraqamlarni nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari) , Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti) tomonidan amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslarga tegishli ayrim avtomobil raqamlaridagi maxsus kombinatsiyalarning farqlanishi PAA – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari;

PSS – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;

PPP – Oliy Majlis deputatlari va senatorlari;

APC – vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari);

DAV – Davlat hokimiyati markaziy tashkilotlarining (agentlik, markaz va boshqalar) rahbariyati;

AVH (Andijon), BVH (Buxoro), FVH (Fargʻona), JVH (Jizzax), KVH, NVH (Namangan, Navoiy), XVH (Xorazm) SVH (Samarqand) – viloyatlar hokimligi xodimlari;

USB, BGR – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshinlar;

VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSP, VSV – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;

PSF, PSP – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari;

TSS, TST – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;

ZDF, ZDP – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari;

DXA, PXQ – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari;

FVV – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari;

MV, MT – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari;

TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG, TTH – taksilar;

STY – shoshilinch tibbiy yordam avtomobillari.

Turlari Avtomototransport vositalariga beriladigan davlat raqamlari turlari 520x112 mm145x190 mm520x112 mm tavsifi145x190 mm tavsifi200px200pxYuridik shaxslar transportlariga beriladigan avtoraqamlarmos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlariPostanovlenie Kabineta Ministrov200px--jismoniy shaxslarga tegishli transportlarga beriladigan raqamlarmos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px200pxOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni transportlariga beriladigan davlat raqamlarimos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px--chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari--200px--xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari--200px200pxBMT va unga tegishli xalqaro tuzilmalarning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlarimos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px200pxXorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining texnik-taʼminot xodimlariga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlarimos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px200pxSavdo vakolatxonalari, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlarimos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px200pxXalqaro nodavlat tashkilotlar, birlashmalar, banklar, firmalar, korrespondentlik ofislari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlarimos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px200pxFuqaroligi xorijiy davlatga tegishli boʻlgan shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlarimos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px200pxyoʻl harakatida vaqtincha qatnashish uchun beriladigan davlat raqamimos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari200px--Elektromobil uchun beriladigan davlat raqami--

Tirkamalarga beriladigan davlat raqamlari turlari 288x206 mm288x206 mm tavsifi200pxtraktorlar, qurilish-yoʻl va melioratsiya texnikalari, yuridik shaxslarning oʻziyurar mashinalari, ikki qatorli davlat roʻyxatga olish raqamlari. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni oq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Yuqori chap burchakda traktorning sxematik chizilgani, pastki oʻng burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari koʻrsatilgan.200pxjismoniy shaxslarning traktorlari, qurilish-yoʻl va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalari, ikki qatorli davlat roʻyxatga olish raqamlari. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni sariq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Yuqori chap burchakda traktorning sxematik chizilgani, pastki oʻng burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari koʻrsatilgan.200pxyuridik shaxslarning traktor priseplarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari, ikki qatorli. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni oq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Oʻng pastki burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari. Belgining shakli yuqori burchakli toʻrtburchakdir.200pxjismoniy shaxslarning traktor priseplarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari, ikki qatorli. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni sariq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Oʻng pastki burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari. Belgining shakli yuqori burchakli toʻrtburchakdir.

Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari TasviriTavsifi200px200pxOʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshin boʻlinmalariga beriladigan davlat raqamlari 1998-yilgi namuna boʻyicha (qora fon va oq yozuv) chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 1998-2018-yillarda aynan shunday namunadagi davlat raqamlaridan foydalandi. 2018-yildan boshlab, oq fondagi qora MV yozuvli yangicha davlat raqamlari joriy etildiMudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari oʻzgaradi

Hududlar boʻyicha raqamlar Hudud 1989-2000-yillardagi 1996-2012-yillardagi 2008-yildan keyin Toshkent ТН 10, 30 01-09 Toshkent viloyati ТШ 11 10-19 Sirdaryo viloyati СИ 12 20-24 Jizzax viloyati ДД 13 25-29 Samarqand viloyati СН 14 30-39 Fargʻona viloyati ФЕ 15 40-49 Namangan viloyati НА 16 50-59 Andijon viloyati АН 17 60-69 Qashqadaryo viloyati КФ 18 70-74 Surxondaryo viloyati СД 19 75-79 Buxoro viloyati БХ 20 80-84 Navoiy viloyati НВ 21 85-89 Xorazm viloyati ХЗ 22 90-94 Qoraqalpogʻiston Respublikasi КП 23 95-99

Narxlari 2008—2017-yillar davomida yangi namunadagi avtomobil raqamlarining narxlarida rasman qatʼiy belgilangan narxlar boʻlmagan. Davlat raqamlarida chiroyli kombinatsiyalar (001—009, 100, 111, 200, 222, 300, 333, 400, 444, 500, 555, 600, 666, 700, 777, 800, 888, 900, 999), ularga boʻlgan kuchli talab ortidan kelib chiqqan mojarolar tufayli taqiqlangan edi. 2017-yilning 11-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidentining „Yoʻl harakatini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan chiroyli kombinatsiyalarni auksion orqali sotish tartibi belgilandiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti. 2025-yil 4-sentyabr kuni avtomobil raqamlarini berish tizimi soddalashtirilish haqida qaror qabul qilindiAvtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. Unda 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini auksionda sotish tartibi bekor qilinishi belgilandi. Avtomobil raqamlariga narxlarni „Uzavtomotobelgi“ davlat unitar koorxonasi belgilaydiO‘zbekiston 2025 yil oktyabridan “chiroyli” davlat raqamlarini auksion orqali sotishni to‘xtatadi“Auksionsiz chiroyli raqamlar”. O‘zbekistonda avtoraqamlarni sotish tartibi o‘zgaradi.

Oʻzbekiston avtomobil raqamlariga 2017—2025-yillarda belgilangan boshlangʻich narxlar