thumb|300px|right|«Katta Eron» oʻlkasiga kiruvchi hududlar Katta Eron yoki Buyuk Eron (fors. ایران بزرگ‎ - Iran-e bozorg; fors. ایران‌زمین‎ - Iranzamin) — tarixiy, madaniy, diniy va siyosiy oʻlka. «Katta» yoki «Buyuk» oʻlkasi quyidagi hududlarni oʻz ichiga oladi: hozirgi Eronning hududi, gʻarbiy va shimoliy Iroq, shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, sharqiy, shimoliy va janubiy Gurjiston, Afgʻoniston, gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoliy Pokiston, Tojikiston, janubiy va gʻarbiy Qirgʻiziston, janubi-gʻarbiy va janubiy Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor tumani janubi va gʻarbi, Rossiyaning Dogʻiston, Checheniston, Ingushiya va Shimoliy Osetiya hududlari.

ХIХ asrdan to hozirgacha eronshunosligida ham «Katta Eron» ham «Eron» atamalari ishlatilib kelinadi. Shuningdek «Buyuk Eron» va «Eron madaniy oʻlkasi» kabi atamalar ham uchrab turadi. «Katta Eron» oʻlkasi hozirgi siyosiy jabhadan tubdan farq qilib, faqat tarixiy, madaniy va diniy birlikka ishora qiladi. «Katta Eron» oʻlkasi tarixi Sosoniylarning ushbu oʻlkaga kiruvchi hududlarini bosib olib Sosoniylar davlatiga asos solinganida boshlangan va boshqa sulolalar tomonidan davom ettirilgan. Forslar ushbu hududlarni egallab olishgani bilan ular oʻz dini, tili va madaniyatini mahalliy xalqlarga singdirishgan. Asrlar osha ushbu xalqlar va hududlar juda qalin hamkorlikda boʻlishgan.

Oʻlkaga kiruvchi hududlar Qadimda Movarounnahr Xorazm Samarqand Buxoro Soʻgʻd Choch Toshkent Fargʻona vodiysi Xuroson Baqtriya Balx Badaxshon Marv Xutalon Hirot Qobul Kichik Xuroson Balujiston Siston Yazd Kerman Isfahon Hamadon Ozarbayjon Armaniston Qurdiston

Hozirgi paytda Eron — butunlay Armaniston — butunlay Ozarbayjon — butunlay Gurjiston — janubiy, shimoliy va sharqiy qismi Turkiya — janubi-sharqiy qismi Iroq — gʻarbiy va shimoliy qismi Suriya — shimoli-sharqiy qismi Afgʻoniston — butunlay Pokiston — janubi-gʻarbiy, gʻarbiy va shimoliy qismi Tojikiston — butunlay Qirgʻiziston — janubiy va gʻarbiy qismi Qozogʻiston — janubi-gʻarbiy va janubiy qismi Oʻzbekiston — butunlay Turkmaniston — butunlay Xitoy — Shinjon-Uygʻur muxtor tumani janubiy va gʻarbiy qismi Rossiya — Dogʻiston, Checheniston, Ingushiya va Shimoliy Osetiya hududlari

Manbalar Iran continent Columbia College Today on «Iranian Cultural Continent»

Turkum:Tarixiy viloyatlar Turkum:Eron tarixi Turkum:Osiyo tarixi Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Tojikiston tarixi Turkum:Qirgʻiziston tarixi Turkum:Qozogʻiston tarixi Turkum:Iroq tarixi Turkum:Suriya tarixi Turkum:Eronning tarixiy geografiyasi Turkum:Eron — Pokiston munosabatlari Turkum:Eron — Iroq munosabatlari