Vohid Shodiyev (1986-yil 9-noyabrda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tugʻilgan) – Toshkentning Bunyodkor futbol klubi, hamda, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi hisoblanadi. Nafaqadagi futbolchi.

Faoliyati Vohid Shodiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Navoiyning Zarafshon klubida boshlagan, ushbu klubda u 3 mavsum oʻynab 20 ga yaqin gol muallifi boʻlgan. 2008-yili bir mavsum Andijonning Uz-Dong Ju tarkibida oʻynab 7 marta maydonga tushgan boʻlsa, 2009-yili Navoiyning yana bir klubi Qizilqum tarkibida ham bir mavsum oʻynab, 25 ta uchrashuvda maydonga tusib raqiblar darvozasini 7marta ishgʻol qilgan.

U 2010-yili Fargʻonaning Neftchi klubiga oʻtadi va u klubda 2 mavsumda 24 ta uchrashuvda klub sharafini himoya qiladi. Undan keyin, 2012-yilning fevral oyida Buxoroning Buxoro klubi bilan sartnoma tuzadi. Ushbu klubda u jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylanadi. Vohid Shodiyev Buxoro klubida 51 uchrashuvda maydonga tushib, jaʼmi 17 ta gol urgan.

2014-yilning boshida u Toshkentning Bunyodkor klubi murabbiyining eʼtiboriga tushadi va tez orada ushbu klub bilan shartnoma imzolaydi va oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining kumush medali sohibiga va Oʻzbekiston Super kubogining oltin medali sohibiga aylanadi. Bugungi kunga qadar u ushbu klub tarkibida 22ta uchrashuvga maydonga tushib 9 ta gol muallifi boʻlgan. Vohid Malayziyaning „Perak FA“ jamoasi bilan 2015-yil 30-dekabrda shartnoma imzolagan. Dastlabki mavsumida 10 ta oʻyinda 1 ta gol urdi va mavsum yakunida Oʻzbekistonga qaytdi. 2016 va 2017-yillarda Navoining "Qizilqum jamoasida oʻynagan. 2017-yilning 26-iyulida Shodiyev „Bunyodkor“ jamoasi bilan qayta shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Vohid Shodiyev 2013-yilning 6-noyabrida 2015-yilgi Osiyo kubogi uchun kechgan saralash bosqichida ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan milliy terma jamoasiga chaqirtirildi. 15-noyabrda u Vyenamga qarshi kechgan oʻyinda ilk debyutini oʻtkazdi va oʻshanda Vohid Shodiyev terma jamoadagi ilk golini raqiblar darvozasiga joylab qoʻydi. Oʻsha yilning 19-noyabr kuni terma jamoasiga kechgan ucrashuvda ham gol urib terma jamoadiga ikkinchi golini oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

2015-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida u terma jamoa safida qatnashdi. Guruh bosqichida bilan kechgan juda muhim oʻyinda, muhim golni urib terma jamoaning guruh bosqichidan chiqishiga katta hissasini qoʻshgan edi.

Yutuqlari Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2014 Oʻzbekiston Super kubogi gʻolibi: 2013

Statistikalari Klubda

KlubMavsumLigaKubokAFCJaʼmiIshtGolIshtGolIshtGolIshtGol Neftchi201015021-17120119031-121Jaʼmi24052-292 Buxoro201225560-3152013261200-2612Jaʼmi511760-5717 Bunyodkor201420653723211201522004163Jaʼmi228531133814 Jaʼmi faoliyatida972516511312433

Terma jamoada

№ Sana Maydon Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 15-noyabr 2013 Xanoy, Vyetnam 1–0 3–0 AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichi 2. 19-noyabr 2013 Gon Kong 1–0 2–0 AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichi 3. 18-yanvar 2015 Melburn, Avstraliya 2–1 3–1 AFC Osiyo kubogi 2015

Manbalar

Havolalar Vokhid Shodiev player info at soccerway.com Vokhid Shodiev player info at Eurosport Australia Vokhid Shodiev- Footballdatabase footballfacts.ru Bunyodkor PFK saytidagi profili national-football-teams.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Uz DongJu klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Perak F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari