Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY (, ) — turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda, tashkilot bosh direktori qozogʻistonlik Dyusen Kaseinov hisoblanadi. Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir.
Tarixi thumb|upright|Xalqaro Turkiy madaniyat tashkilotining shtab-kvartirasi. Tashkilot tarixi ilk marta 1992-yilda Boku va Istanbuldagi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston madaniyat vazirlari uchrashuvida kelishilgan. 1993-yilning 12-iyul kuni Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida „Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tshkiloti“ga asos solindi va tegishli xujjatlar imzolandi.
1996-yildan, TURKSOY va YUNESKO oʻrtasida rasmiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 2009-yilda tashkilot nomi hozirgi nomga oʻzgartirildi. Oʻsha yili, ushbu tashklot Turkiy kengash tarkibiga kirdi.
Aʼzo mamlakatlar TURKSOY tarkibiga 10 ishtirokchi kiradi, bular mustqail suveren davlatlar, boshqa davlatlar tarkibidagi federal subyektlar va muxtor viloyat va regionlardir. Mamlakat Poytaxti Rasmiy tili Aholisi soni Komrat Gagauz tili 163 200 Boku Ozarbayjon tili 9 780 700 Ostona Qozoq tili 17 440 270 Bishkek Qirgʻiz tili 5 776 580 Lefkosiya Turk tili 294 900 Ufa Boshqird tili 4 086 180Gorno Altayskoltoy tili202 000 Qozon Tatar tili 3 855 000 Anqara Turk tili 77 695 000 Ashxobod Turkman tili 5 250 000 Toshkent Oʻzbek tili 31 050 000
Sobiq aʼzolar thumb|Eskirgan xarita (turk tilida) 2015-yil oxirida Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya samolyotini urib tushirgandan so‘ng Rossiyaning uchta federal bo‘linmasi TURKSOYni tark etdi. Mamlakat Poytaxti Rasmiy tili Aholisi soni Yakutsk saxa tili 992,115 Qizil tiva tili 332,609
Turk dunyosining madaniy poytaxti
Turksoy har yili Turk dunyosidan bir shaharni „Turk dunyosi madaniyat poytaxti“ etib tanlaydi. Tanlangan shahar turkiy madaniyatni nishonlash uchun bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi. Ushbu nomga sazovor boʻlgan shaharlar:
2012-yil: Ostona, Qozogʻiston 2013-yil: Eskishehir, Turkiya 2014-yil: Qozon, Tatariston 2015-yil: Marv, Turkmaniston 2016-yil: Shaki, Ozarbayjon 2017-yil: Turkiston, Qozog‘iston 2018-yil: Kastamonu, Turkiya 2019-yil: Oʻsh, Qirgʻiziston 2020-yil: Xiva, Oʻzbekiston 2022-yil: Bursa, Turkiya 2023-yil: Shusha, Ozarbayjon 2024-yil: Anau, Turkmaniston.
Yana qarang Turkiy davlatlar tashkiloti
Manbalar
Havolalar TURKSOY rasmiy sayti
Turkum:Xalqaro tashkilotlar