Maykl Rubens Bloomberg (1942-yil 14-fevralda tugʻilgan) – amerikalik biznesmen, siyosatchi, xayriyachi va yozuvchi. Bloomberg LP kompaniyasining egasi va hammuassisi boʻlib, 2014-yildan 2023-yilgacha uning bosh direktori boʻlgan. 2002-yildan 2013-yilgacha uch muddat Nyu-York shahri meri boʻlib ishlagan va 2020-yilda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod boʻlgan. 2022-yil iyun oyidan buyon AQSh Mudofaa vazirligiga sunʼiy intellekt, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar va raqamli modernizatsiya boʻyicha tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahat kengashi – Mudofaa innovatsiyalari kengashi raisi boʻlib ishlaydiThe 400 Richest Americans: #8 Michael Bloomberg – Forbes.comAt $235 Million, Bloomberg Was Biggest Giver in U. S. .
Bloomberg Massachusets shtatining Medford shahrida oʻsgan. Jons Xopkins universiteti va Garvard biznes maktabini tamomlagan. Oʻz faoliyatini 1981-yilda oʻz kompaniyasini tashkil etishdan oldin Salomon Brothers qimmatli qogʻozlar brokerlik firmasida boshlagan. Bloomberg LP kompaniyasi oʻzining Bloomberg terminali bilan mashhur boʻlgan moliyaviy axborot, dasturiy taʼminot va media shirkatidirCity Plans to Retrain, and Retain, Laid-Off Wall Streeters. Bloomberg keyingi yigirma yilni uning raisi va bosh direktori sifatida oʻtkazdi. 2023-yil aprel holatiga koʻra Forbes uni 94,5 milliard AQSh dollari miqdoridagi boyligi bilan dunyoning yettinchi eng boy odami deb topdi. Bloomberg The Giving Pledge imzolanganidan beri xayriya maqsadlarida 8,2 milliard dollar berdiIT-korporatsii: istoriya Bloomberg.
Bloomberg 2001-yilda Nyu-York shahrining meri etib saylangan. U 2005 va 2009-yillardagi qayta saylovlarda gʻalaba qozonib, ketma-ket uch muddat bu lavozimni egalladi. Ijtimoiy liberal va fiskal jihatdan moʻtadil siyosat olib borgan Bloomberg texnokratik boshqaruv uslubini ishlab chiqdi.
Nyu-York meri sifatida Bloomberg davlat maktablarini ochdi, shahar infratuzilmasini qayta qurdi va ichki nazorat, sogʻliqni saqlash tashabbuslari, atrof-muhitni muhofaza qilishni qoʻllab-quvvatladi. 11-sentyabr hujumlaridan keyin yirik savdo va turar-joy qurilishini osonlashtirgan qayta rejalashtirishga rahbarlik qildi. Bloomberg Nyu-York meri sifatidagi uch muddat davomida siyosat, biznes sektori va madaniyatiga katta taʼsir koʻrsatgan deb hisoblanadi.
2014-yil oxiriga kelib Bloomberg LP bosh direktori lavozimini qayta egalladi. 2019-yil noyabr oyida Bloomberg 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod boʻlish uchun oʻz kampaniyasini rasman boshladi. Bloomberg oʻz nomzodi uchun 935 million dollar sarfladi, bu esa AQSh tarixidagi eng qimmat prezidentlik kampaniyasi edi.
Manbalar
Havolalar Mike Bloomberg for NYC webpage The 400 Richest Americans: #8 Michael Bloomberg – Forbes.com Maykl Blumberg: istoriya mera i milliardera Informatsiya iz otkritix istochnikov pro Maykla Blumberga
Turkum:AQSh tadbirkorlari Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Nyu York merlari Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar