Nicholas F. Oppenheimer (1945-yil 8-iyunda tugʻilgan) – janubiy afrikalik milliarder biznesmen. U ilgari De Beers olmos qazib oluvchi kompaniyasi va uning shoʻba korxonasi Diamond Trading Company raisi va Anglo American raisining sobiq oʻrinbosari boʻlgan. U Afrikadagi uchinchi eng boy odam„Diamonds May Not Be For Ever – But At The Moment They Look Pretty Good“, Jewish Business News by Clive Minchom, 11-iyun 2013-yil; accessed 3-may 2014-yil..
Oppenxaymer Bridjit va Garri Oppenxaymerning oʻgʻli, anglo-amerikalik Ernest Oppenxaymerning nabirasi. U 1929-yildan De Beers shirkatini boshqarganDe Beers: „Our History“ 2014. Uning otasi nemis yahudiylaridan edi. Oksforddagi Ludgrove maktabi, Harrou maktabi va Krist cherkovida tahsil olgan. Falsafa, siyosat va iqtisod fanlarini oʻqib, Oksfordda magistr darajasini olganDEbswana: „Nicky Oppenheimer“ 2000..
Oppenxaymer 1968-yilda „Anglo American“ shirkatiga kirdi. 1974-yilda direktor, 1983-yilda rais oʻrinbosari boʻldi. 2001-yilda isteʼfoga chiqdi. 2011-yilgacha ijrochi boʻlmagan direktor boʻlib qoldi.
1984-yilda oʻsha paytdagi Markaziy savdo tashkiloti (hozirgi Olmos savdo kompaniyasi) raisining oʻrinbosari, 1985-yilda „De Beers Consolidated Mines“ raisi oʻrinbosari etib tayinlangan. 1985-yilda Olmos savdo kompaniyasining raisi etib tayinlanganMining Weekly: „De Beers' Nicky Oppenheimer to receive lifetime achievement award“ 24 August 2012. 1998-yildan 2012-yilgacha De Beers guruhining raisi. Oilaviy ulush „Anglo American“ga sotilgandan keyin nafaqaga chiqdiRough and Polished: „After De Beers, whatʼs next for the Oppenheimers?“ 12 January 2012..
Manbalar
Yana qarang Biography from De Beers Oppenheimerʼs Waltham Place Gardens and Farm Interview in The Guardian, 2005 Profile in The Economist, 2003
Turkum:Janubiy Afrika Respublikasi milliarderlari