Londondagi G-20 sammit (2009) — G20 tarkibidagi mamlakatlarning ikkinchi marotiba moliyaviy bozorlar va iqtisodiy inqiroz muhokamasi asosiy mavzu hisoblangan sanmmitlaridan biri. Ushbu sammit 2009-yilning 2-aprelida Birlashgan Qirollik poytaxti, London shahridagi ExCel deb nomlangan yarmarka markazida boʻlib oʻtgan.Croft, Adrian. "Londonʼs ExCel Centre chosen as venue for G20 summit, " Reuters (UK). 6-fevral 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil. Ushbu uchrashuv yatakchi mamlakatlardan tarkib topgan Katta yigirmatalik hisobida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlari Vashingtonda oʻtkazilgan sammitdan keyingi ilk marotiba moliyaviy bozor va jahon iqtisodiyoti inqirozi muammolari muhokama qilingan sammit hisoblanadi."UK to host G20 financial summit, " Number 10, Prime Minister’s office (UK). 26-noyabr 2008-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil. Sammitda ishtirok etish uchun hokimiyat raislari yoki prezidentlari tomonidan moliya vazirlari guruhlarini oʻz ichiga oladigan Katta yigirmatalik aʼzolari va mintaqaviy hamda xalqaro mavqega ega tashkilotlar roʻyxatga kiritilgan. Londondagi sammit Vashingtondagi sammitga nisbatan ancha keng qamrovda oʻtkazilgan.Flitton, Daniel. "Australia may struggle to find a seat at a future economic table, " The Age (Australia). 1-aprel 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil. 2013-yilda Britaniyaning Hokimiyat Kommunikatsiya nazorati hodimlari, horijlik delegatlar tomonidan soʻdir etilgan telefon qoʻngʻiroqlar aloqalarini nazoratchi kompyuterlar orqali aniqlagaydigan aloqa vositalarini oʻrnatgan. Bu vaziyatni oʻrganib chiqqan britan hokimiyatininig razvedkasi keskin choralar koʻrish maqsadida Maxsus Xizmat tomonidan jiddiy qarorlar qabul qilinishi uchun Britan vazirlar mahkamasiga tegishli arizalarni yetkazgan.

Kun mavzusi Londondagi sammitda Britaniya Moliya vazirligi uchrashuv aynan shu mamlakatda oʻtkazilishi sababli ishlab chiqarishni kengaytirish takliflarini ilgari surishgan. Bundan asosiy koʻzlangan maqsad global kuchlarni boshqarish uchun oʻrta hajmdagi yangi oʻzgartirishlar kiritish protsessini boshlash ekanligini Britaniaylik mulozimlar tomonidan taʼkidlangan.<ref name="agenda">Great Britain Cabinet Office. (2008). [http://webarchive.nationalarchives.gov.uk/20110218163433/webarchive.nationalarchives.gov.uk/+/http://www.hm-treasury.gov.uk/d/managingtheglobaleconomy_081208.pdf Managing the global economy through turbulent times, p. 7]. Retrieved 7-aprel 2011-yil.</ref> Yoʻqolib borayotgan ishonch va talabotning keskin tushib ketishiga kurash maqsadida bir necha kelishuv harakatlari sammitda koʻrish uchun asosiy mavzular qatoriga kiritilgan.(bundan kelib chiqilsa har bir mamlakat oʻzining moliya-kredit siyosati bilan va turli xil imkoniyatlar bilan keskin farq qilishi hisobga olingan) Kelajakda inqirozni tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va paydo boʻlayotgan hamda rivojlanayotgan bozorla harakatini qoʻllab quvvatlash maqsadida birgalikda yangi yangi usullarni ishlab chiqish kerakligi taʼkidlangan. Inqirozdan chiqish uchun moliyaviya sektorlar kamchiliklarini birgalikda hal etish Moliyaviy nazorat tartibi va Xalqaro moliya muassisalari aloqalarini yahshilash. Jumladan Moliyaviy muqarralik forumi (MMF) va Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi kabi tashkilotlar ahamiyatini kengaytirish. Yanada muqarrar yoʻsinda xavfsiz globallashgan xom-ashyo va mahsulot bozorlari tartibiga oʻtish usullari va jahon savdosini barqarorlashtirish kelishuvlarini qabul qilish. Yangitdan jahon jamiyatini ming yillik rivojlanish maqsadi ostida birlashtirish

Tayyorgarlik Londondagi sammitga qadar tayyorgarlik sifatida ikki rasmiy uchrashuvlarni oʻtkazishgan. Bu uchrashuvning biri faqat Yevropa mamlakatlari uchun 2009-yilning 22-fevralida Olmoniya poytaxti Berlin shahrida va Moliya vazirlari uchun 2009-yilning 14-martida Birlashgan Qirollikda tashkil qilingan.

Yevropa liderlari sammiti Yevropa Ittifoqining 20 mamlakatlaridan faqat toʻrtta aʼzolari Birlashgan Qirollik, Olmoniya, Fransiya va Italiya hamda Yevropa iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan ikki mamlakat Ispaniya va Niderlandlar 2009-yilning 22-fevralida Berlinda Londondagi sammitga tayyorgarlik va oʻz yoʻnalishlarini aniqlash sifatida sammitda qatnashishgan. Lekin bu ikki mamlakat Niderlandlar va Ispaniya G20 sammitida taklif qilinganlar orasida qatnashilishini oldindan ogohlantirishgan.„Berlin, une étape importante avant Londres“ („An important step before London“). 7 sur 7 (Belgium). 22-fevral 2002-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil. Bu Berlindagi uchrashuv Kansler Angela Merkel tomonidan taklif qilingan asoslar tufayli muhim ahamiyatga ega sammitga aylangan. Vakillar sammit davomida moliyaviy muassisalarning faoliyatini kengaytirish va bu holatlarda tashkil qilinadigan har bir moliyaviy muassisalar tartibdagi nazorat qoidalariga javob berishi kerakligi haqida kelishuv imzolangan. Bundan tashqari soliq toʻlovidan qochuvchilarga qarshi choralarni kuchaytirish ham nazarda tutilgan muammolar koʻrib chiqilgan.„Staatspräsident Sarkozy beim G20-Vorbereitungstreffen in Berlin: Wir müssen ehrgeizige und glaubwürdige Maßnahmen vorschlage“ („President Sarkozy at the G-20 preparatory meeting in Berlin, we must propose ambitious and credible measures“). Embassy of France in Germany. 24-fevral 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil. Yevropa liderlari baʼzi bir muammolar girdobiga tortayotgan mamlakatlarga qarshi choralar va sanksiyalar qoʻllash kerakligi haqida kelishib olishgan. Sammit soʻngida mamlakatlar Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasidagi faoliyatini mustahkamlash uchun ushbu tashkilotga moliyaviy vositalar yetkazishni ikki barobarga koʻpaytirish hususidagi kelishuvga erishilgan."Meeting of the European members of the G20 group in Berlin, " Czech Presidency of the European Union. 23-fevral 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil

Moliya vazirlari sammiti G20ga aʼzo mamlakatlar markaziy banklarining raislari va Moliya vazirlari uchrashuvi 2009-yilning 14-martida Horashamda Londondagi sammitga tayyorgarlik sifatida oliy maqomda uchrashuv boʻlib oʻtgan. Uchrashuv ishtirokchilari jahon iqtisodiyoti oʻsishini tiklash uchun mashgʻullik va talabotni ragʻbatlantirish harakatlarining yechimlari va bu ishga birgalikda yondashishni tavsiya qilganlar. Ishtirokshilar shu bilan birgalikda proteksionizmning barcha turlariga qarshi kurash va horijiy sarmoyalardan unumli foydalanish hamda savdo aloqalarini qoʻllash shular jumlasidandir. Bu uchrashuv kelajakda iqtisodiyotning ijobiy tomonida boʻlish maqsadida halqga imtiyozli kreditlar yetkazish va bank sistemasida rekapitalizatsiyalar oʻtkazish hamda ularning rejalarini isloh qilib ragʻbatlantirish masalalari koʻrib chiqilgan. Markaziy banklar vakillari oʻrtasida mamlakatning kurs siyosatini nazoratga olish va tushirish ishlarini qoʻllab quvvatlash haqida fikrlari almashilgan. Sammit davomida liderlar yangi paydo boʻlayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlar qiziqishlarini Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining faoliyat darajasini oshirish orqali qoʻllab quvvatlash masalalari hal qilingan. Moliyaviy tizim faoliyatini kengaytirish maqsadida ishtirokchilar bir necha takliflar kiritgan. Moliya muassisalarining barcha muhim javobgarliklarga mos faoliyat yuritishi hamda barcha hisob fondlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va fond hisoblarini qabul qiladigan shaxslar tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlar maxsus organlarga yetkazilishi shular jumlasidandir.Official communiqué , issued by the G-20 Ishtirokchilar asosiy muammolardan biri boʻlgan masala yani, biznes shirkatlarida yangicha usulda imtiyozli kreditlar joriy etish va oʻsishni kuchaytirish maqsadida yangicha takliflar kiritishgan. Kelajakda moliyaviy tashkilotlar faoliyatini kengaytirish orqali inqirozdan chiqish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Moliya vazirlari hamda Markaziy banklar raislari sammit davomida Xalqaro tashkilotlarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha kodeksiga javob berishi muhim sanalgan kredit agentliklari faoliyatini boshqarish zaruriyati, transport vositalari harakatlarini nazoratga olish va kredit ishlab chiqarish bozorlarining taqiqlangan hududlardagi faoliyatini toʻhtatish kelishuvlari imzolangan.

Gordon Brown sammit hususida Londondagi sammitga qadar bir necha hafta oldin Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown uch continent sari bir necha mamlakatlarga tashrif buyurgan. Tashriflar sababi Londonda oʻtkaziladigan sammitda oʻzining moʻljallagan maqsadlarini qolgan mamlakatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini koʻzlaganini Bosh vazirning oʻzi taʼkidlagan. Angliya Banki tomonidan boshqariladigan soliq-byudjet harakatlarini ragʻbatlantirish masalalarini Braun tashriflari vaqtida oʻzining koʻzlagan maqsadlarini ham birgalikda bayon etib oʻtgan. Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Yevroparlament majlisida u rejalashtirgan harajatlar muhokama qilingan. Bosh vazir bulardan tashqari AQSh, Braziliya, Argentina va Chili mamlakatlariga safarlar uyushtirgan. Braun proteksionizm haqida: London sammitiga qadar bir necha hafta oldin byudjetni ragʻbatlantirish savollar va fikrlar muhim joy egallab muhbirlar munozarasiga sabab boʻlgan. Sammitda Britan va Amerika hukumatlari iqtisodiy ragʻbatlantirish masalalarini oʻz foydasiga hal qilishgan. Bu vaqtning oʻzida Fransuz va Nemis hukumatlari odatdagi kabi bu qarorlar dastidan mamlakatlarning tashqi qarzlari koʻpayishiga olib kelishi va bu holat qolgan mamlakatlarga ahamiyatga molik mummolar olib kelishini taʼkidlab qarshi chiqishgan. 2009-yilning 26-martida Chehiya Bosh vaziri Mirek Topolanek iqtisodiy siyosatining kritikalari sababli AQSh Prezidenti Barack Obama bilan tortishib qolishgan.

Qatnashuv thumb|left|600px|G20 vakillari maxsus Londondagi sammit uchun suraʼtga tushishmoqda G20 barcha vakillari Londondagi sammit ishtirok etish uchun 1-aprel kuni yetib kelishgan. Londondagi sammitga qilgan safaridan oldin Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyining taklifiga koʻra Fransiya sammitdan chiqish kabi hodisalarda biron bir ahamiyatga molik muammo boʻlmasa bunday qilish kerak emas deya 1965-yildagi Charles de Gaulle qarori bilan mamlakatning NATOdan chiqishi va bu holatda mamlakat boʻshliqda qolganligini yana bir bor tanqid qilgan. Londondagi matbuot anjumanida Obama va Braunlar birgalikda sammitga kiritiladigan yangi takliflar faqatgina koʻpayishini taʼkidlashgan. Sarkozi va Merkel alohida uyushtirilgan matbuot anjumanida ikkalasi ham moliyaviy bozorlar nazoratini qattiq nazoratga olish va oʻz jamoasini kelajakda moliyaviy ragʻbatlantirish kabi masalalar borasida G20 sammiti kelishuvlar qabul qilishini izohlab oʻtishgan. 1-aprelning oqshomida barcha G20 sammitida ishtirok etayotgan vakillar qirolicha Elizabeth II tomonidan Bukingem saroyida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etishgan. Saroydagi uchrashuvdan soʻng vakillar Londonning Dauning koʻchasida joylashgan muhtasham bosh vazir qarorgohida uyushtirilgan tushlik dasturhon atrofida yigʻilishgan. Sammit rasmiy ravishda 2-aprelning tongida Excel va Custom House markazlarida oʻz faoliyatini boshlagan.

Asosiy ishtirokchilar Londondagi sammitda 19 mamlakat va oʻz doirasiga Yevropa maslahati kengashi va Yevropa Komissiyasini oladigan Yevropa Ittifoqi boʻlgan G20 vakillari Rieffel, Lex. "Regional Voices in Global Governance: Looking to 2010 (Part IV), " Brookings. 27-mart 2009-yil; „core“ members (G20 official site) va har bir qitʼa hududlaridan mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ushbu sammit ishtirokchilari qatoriga kiritilgan. thumb|right|250px|Gordon Brown va Dmitriy Medvedev bosh vazir qarorgohiga kiraverish eshigi oldida. thumb|right|250px|Sammitdagi tushlik ustida muhokama — Chapdan oʻngga: Merkel, Obama, Lee, Abdullah, Lula da Silva.

{| class="wikitable" |- ! colspan="4" style="background: LightSteelBlue;"|G-20 mamlakatlariqalin harflarda belgilangan mamlakatlar mezbon sammit uchun sanaladi |- style="background:#ccc; text-align:center;" ! colspan=2 | Mamlakat ! Vakil ! Mansab |- ! | Argentina | Cristina Fernández de Kirchner | Prezident |- ! | Avstraliya | Kevin Rudd | Bosh vazir |- ! | Braziliya | Luiz Inácio Lula da Silva