Torontodagi G20 sammiti — 2010-yilning 26-27 iyunlarida Kanadaning Toronto shahrida Yigirmattalik Guruh vakillarining toʻrtinchi uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Sammit mavzusi sifatida tobora globallashib borayotgan moliyaviy inqirozning oʻtli ravishda umumjahon iqtisodiyotida oqsashlarga sabab boʻlayotgani kun tartibida vakillar tomonidan muhokama qilingan. Sammitda koʻrilgan asosiy mavzular sifatida moliyaviy oʻzgarishlar harakatini toʻ gʻri baholash, iqtisodiyot taqchilligini munosib rivojlantirish, global banklar soliqlarini muhokamasi va ochiq bozorlar harakatini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar sammitning asosiy muammolari qatoriga kiritilgan . G-20 yirik iqtisodiy qudratga ega mamlakatlar vakillari, oltita mamlakatdan taklif qilingan vakillar va qoʻshmcha sifatida hukumatlararo tashkilotlar vakillari Torontodagi sammitda oʻz qiziqishlarini himoya qilishgan.
Sammitga qadar Kanada Bosh vaziri, Stephen Harper sammit mavzusi shu davrning yomonlashib borayotgan Iqtisodiy inqirozni (tiklash va yangitdan boshlash) shiori ostida sammit oʻtishi va iqtisodiy oʻsishni taʼminlash kun tartibida muhokama qilinishini eʼlon qilgan. Harper avvaliga G8ning 36-marotiba Huntsvilleda sammiti oʻtkazilishi rejalangan joyni G20 vakillarini qabul qilish uchun mezbon sifatida koʻrishini taklif etgan. Keyinchalik tashkilotchilar Ontario shahrini koʻpchilik ishtiroki rejalangan G20 vakillarini yetarlicha mehmondoʻstlikni ta ʼminlashga omillar yetishmasligi tufayli, sammit oʻtkazilish uchun joy Toronto shahriga koʻchirilgan. Tashkilotchilar yagona xavfsizlik tizimini tashkil etishgan boʻlib tarkibda bir necha regional hududlardan militsiya hodimlari havfsizlikni taʼminlash uchun Toronto shahar markaziga chaqirilgan . Ushbu sammit Kanada taʼrixida eng qimmatga tushgan va juda keng yoʻsinda havfsizlikni taʼminlash operatsiyasi ekanligi qayd etilgan. Umumiy narxga olganda Huntsvilleda oʻtkazilgan G8ning 36-nchi sammitiga qaraganda Torontodagi G20 sammiti 858 million Kanada dollariga qimmatga tushgan boʻlib xavfsizlik hodimlari soni, infratuzilma va mehmondoʻstlik shular jumlasidandir.
Kun mavzusi Koʻpgina sammit vakillari sammitda muhokama etiladigan savollarga eʼtiroz bildirishgan. Yevropada kuzatilayotgan Global iqtisodiy botqoqda qolishi va qarzlar toʻlanmasligi davom etayotgani, oldingi iqtisodiy moʻtadillikni yaratish fikrlari sammit ishtirokchilari diqqat markazida boʻlgan. Sammit vakillari oʻ zlariga uzoq strategik vaqtda bu muammolarni hal qilish kerakligini eng maqbul qaror deya taʼkidlashgan. Yevropa Ittifoqi defitsitlarni qisqartirib diqqatni qattiq iqtisodiyot dasturlariga qaratishini taʼkidlagan. Bunga qarshi AQSh iqtisodiy imtiyozlar xarajatini iqtisodiy oʻsish maqsadida qoʻllab quvvatlashini bilidirib oʻtgan. Muhokamalar doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari yaqin kelajakda byudjet xarajatlarini qisqartirish va birdamlikni ushlashi bashoratlarini ilgari surishgan. Bir tomondan AQSh, Xitoy va Hindiston moliyaviy imtiyozni koʻpaytirish iqtisodiy qulashni oldini olish yoʻllaridan biri ekanligini bildirishgan. Bularning ichida diqqatni tortadigani Yevropa Ittifoqi taklif etgan Jahon banki soliqlari va Robin Gud soligʻijoriy etilishi boʻlib, lekin keyinchalik AQSh va Kanada bu rejalarga qarshilik bildirishgan. Boshqa mavzular qatorida Afrikaga va rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro rivojlanish va xalqaro yordam koʻrsatish dasturlari koʻrib chiqilgan. Bir necha taklif qilingan mamlakatlar vakillari Gʻazo sektoriining Isroil qamalida turishi, Shimoliy Koreya va AQShning yadroviy qurol dasturlari va Afgʻonistondagi xavfsizlik hamda korrupsion muammolarni koʻtarishgan.
Preparations Xavfsizlik thumb|left|350px|Wellington koʻchasida xavfsizlik choralari koʻrilishi Xavfsizlik organlari xodimlari 2010-yilning fevralidan Torontoda sammit xavfsizligini taʼminlash harakatlariga tayyorgarlik boshlashgan.Torontodagi Qoʻmondonlik politsiyasi va yoʻ l harakati boshqarmalari, Ontario provinsiyasi politsiyasi, Qirollikning Kanada otliq politsiyasi va Kanada Qurolli Kuchlari, shu vaqtning oʻzida barcha regiondagi politsiya nazoratchilari Toronto Xalqaro Aeroportida G20 delegatlarini qabul qilishga tayyorgarlik koʻrishgan. Bundan oldin 2010-yilda Vankuverdagi Qishki Olimpiya oʻyinlariida besh boʻlimdan tarkib topgan Birlashgan Xavfsizlik Xizmatini xavfsizlik uchun masʼul etib tayinlangan. Qoʻshimch kuchlar sifatida York regional politsiyasi, Halton regional politsiyasi, Barri politsiyasi xizmati, Vaterloo regional xizmat politsiyasi, Niagara regional xizmat politsiyasi, Ottava politsiyasi va De police de la Ville de Montréal politsiya xizmati koʻmagidan foydalanilgan. Kalgari politsiyasi haftasiga koʻngillilar sifatida 150 ofitser sammitga qadar shahar koʻchalarida xavfsizlikni taʼminlashga harakat qilishgan. The Global va Mail nashriyoti baholashiga asoslangan holda sammitda 25 000 politsiyachi, 1000 qoʻriqchilar va birnecha Kanada Qurolli kuchlari ofitserlari ishtirok etish zarur etib belgilangan. Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofa kuchlariga tegishli boʻlgan CF-18 Hornet, CH-124 Dengiz qiroli va Griffon tikucharlari 6-7-may kunlari Torontoning katta tumanlari ustida unchalik baland boʻlmagan masofada oʻquv mashgʻulotlari oʻtqazishgan. G8 va G20 uchrashuvlarini oliy maqomda oʻtqazish uchun xavfsizlikni taʼminlash maqsadida umumiy narh sifatida $ 1,8 mlrd xarajat sarflanganligi belgilangan boʻlib, Federal Qirollik maslahati tomonidan butunlay toʻlangan. BXX xavfsizlik maqsadida tashqi chegaralarni yaratgan boʻlib oʻz ichiga shimolda Qirollik koʻchasi bilan, janubda Lake Shore Boulevard koʻchasi, sharqda Yonge Street koʻchasi va gʻarbda Spadina koʻchalarini oʻz chegara hududiga olgan boʻlib, ushbu hududda to sammit oʻtganga qadar transport vositalari qatnovlari cheklangan. Ushbu hududda yashovchi va boshqa shahar hudidagi tinch aholi vakillarining roʻyxatdan oʻtgan kartochkalari sammit oldidan yigʻishtirilib olingan. Kimda kim xavfsizlik hududiga kirishni istasa, 38-ta nazorat oʻtkazuvchi punktlardan biri yordamida shaxsini tasdiqlovchi surʻ at va ichkariga kirish uchun asos nima ekanligini bayon etishi lozim boʻlgan. Shu kuni Toronto shahar metrosi oddiy fuqarolar va ishtirokchilar foydalanishi uchun vaqtincha berkitilgan. Shuningdek Torontoda Kanada hukumati hizmati va jamiyat muhokamalarini oʻtkazish maqsadida Gormli va Ontario kompaniyalari tomonidan SNC- Lavalin kompaniyasi kontrakti asosida 3-metrlik balandlik ega boʻlgan devor barpo etishgan. Bu inshootning umumiy narhi $ 5,5 mlnga teng boʻlib 7-iyundan oʻrnatish ishlari boshlangan. Toronto politsiya xizmati sammit oʻtkazilishidan oldin joylarga 77-ta qoʻshimcha yashirin kameralar oʻrnatgan. BXX hodimlari tartibsizliklarga qarshi kurash maqsadida suvda harakatlar oʻtkazish ruxsatnomasini qoʻlga kiritgan.
Infratuzilma Shaharning sharqiy tomonida joylashgan eski kinostudiya sammit chogʻida hibs olinganlar uchun vaqtinchalik mirshabhona vazifasini bajargan. Toronto politsiyasi hizmati shuni eʼlon qilganki shahar aholisi Bellwoods parki namoyish oʻtkaziladigan joy etilib belgilangan, lekin keyinchalik politsiya hodimlari namoyish uchun joy sifatida Qirollik parkining shimoliy tomoniga koʻchirilgan. Kanada xavfsizlik xizmati tomonidan xavfsizlik hududidagi barcha pochta qutilari olib tashlangan. Torontoda bir necha mashina parklari berkitilgan va unchalik katta boʻlmagan yogʻochlar namoyichilar qurol sifatida foydalanmasligi uchun, butun markaz hududidan olib tashlangan. Shuningdek, politsiya hodimlari tomonidan 745 gazeta korobkalari, 200 ahlat tashlanadigan idishlar,70 pochta qutilari, 29 avtobus bekatlari va 5 informatsiya simlari xavfsizlik hududidan olib tashlangan. Torontoda shtab-kvartirasiga ega boʻlgan Kanadaning bir necha yirik banklari hamkorlar bilan ish yuritish maqsadida shahar tashqarisidagi filiallardan foydalanishgan. Ontario mahkamasi boshqarmasi shahar markazida 7-ta vino magazinlari sammit chogʻida berkitilgan va oldindan ehtiyotkorlikni ushlab turish kerak ekanligini eʼlon qilishgan. Si-En Tauerga, Toronto Unevirsitetiga, Ontario rassomchilik galereyasi va Ontario qonuniy qurilish kompaniyalariga boradigan asosiy yoʻllar sammit oʻtkazilish vaqtida berkitilgan. Beyzboll ligasining uch oʻyini yaʼni Toronto Blyu Jeys va Filaselfiya Fillis oʻrtasida oʻtkaziladigan uchrashuv 25-iyundan, 27-iyunga qadar shahar markazida joylashgan Rogers Centre beyzboll oʻyingohida oʻtkazilishi rejalangan, lekin, liga ekspertlarining uzoq muhokamalaridan soʻng sammit oʻtkazilishi oʻyin muhitiga halal berishi va muhlislarning orasidagi noroziliklar hisobga olinib beyzboll uchrashuvi Filadelfiyaga koʻchirilgan. Mirvish Productions vakillari sammit haftaligida rejalashtirilgan ikki musiqali namoyishi „Asrlar roki“ va „Mamma Mia“ dasturlari bekor qilgan. Bundan tashqari teatr hodimlari sammit haftaligidagi barcha namoyishlarni bekor qilgan. Toronto shahri markazidagi asosiy yoʻllardan hisoblangan 427-chi shohroh yoʻli, Toronto Xalqaro Aeroportidan qatnaydigan mahalliy transport vositalari, shahar markazidagi kongress markaziga boriladigan yoʻllar qatnovi qisqartirilib politsiyachilar tomonidan qattiq nazoratga olingan. Yonge Street va Bay Street kochalariga transport vositalarining chiqishi vaqtinchalik sammit haftaligida toʻhtatilgan. Kanada hukumati Toronto shahri ustidagi havo harakatlarini cheklaganini va faqat maxsus reyslar parvoz qilish huquqiga ega ekanligi, qolgan barcha reyslar chegaralangan tartibda amal oshirilishini eʼlon qilgan. Yagona Porter Airlines kompaniyasi shahar aeroportidan doimiy reyslarni davom ettirishga ruxsat olgan. Toronto District School Board va Toronto katolik maktablar mahkamasi Torontoda joylashgan 25-ta maktablardagi avtobus qatnovini toʻxtatgan, oqibatda 45 000 talaba shularning ichidan 10 000 nogironlarni tashkil qiladigan oʻquvchilar vaqtinchalik uyda mashgʻulot oʻtqazishga majbur boʻlishgan. Sammit tashkilotchilari xalqaro Ommaviy Axborot Vositalari hodimlari va muhbirlari uchun media-markaz tashkil etishgan. Federal xizmat va Ontario hukumati tomonidan „Kanada qobiliyatini mujassam etgan pavilion“ deb nomlangan markaz tashkil etilgan boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad Kanadada sayyohlikni xalqaro maqomda rivojlantirish boʻlgan. Pavilon oʻziga uch koʻrinishni ichiga oladi bulardan, Kanadaning eng muvaffaqiyatli innovatsiya va moliya borasidagi kompaniyalar ishlari jahon hamjamiyatining baholashiga izn berilgan va ommaviy axborot vositalari hodimlari uchun bir necha informatsion dasturlar boʻlib oʻtgan, yana futbol muhlislari uchun ekran hajmi jihatidan yirik televizor 2010 FIFA World Cup oʻyinlarini namoyish etgan va shimolda joylashgan Ontario Oasis sanʼat markazida Kanada regionlarining koʻzga koʻringan jilvakor manzaralari tasvirlangan galereya namoyishi taqdimoti boʻlib oʻtgan. Shimoliy Ontario Oasis taqdimoti jurnalistlar uchun sovgʻalarga boy boʻlgan bahs-munozara dasturlarini joriy etgan. Ushbu taqdimot Muskoke regioni tasvirlangan surʼatlar jam boʻlgan galereya taqdim etilgan. Xalqaro media-markaz yaʼni Kanada mahorati tasvirlangan pavilion va sanʼat koʻllari hukumat byudjetiga 23 mln. AQSh Dollariga qimmatga tushgan.
Qatnashuv 300px|thumb|left|Barack Obama (oʻngdan) va David Cameron (oʻrtada) G8 uchrashuvi oʻtkaziladigan joyni koʻzdan kechirib qaytishmoqda thumb|300px|Dmitriy Medvedevning Angela Merkel va Nicolas Sarkozy bilan salomlashishi