SSKA Pomir Dushanbe (; ) – Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, hozir Tojikiston oliy ligasida ishtirok etadi. 1997-yildan buyon klub Tojikiston Mudofa vazirligining homiyligida musoboqalarda ishtirok etadi.

Tarix Klub 1950-yilda tashkil etilgan. Jamoa o'zining dastlabki turnirlardagi ishtirokini „Bolshevik“ nomi bilan boshlagan. Debyut mavsumida jamoa Tojikiston SSR chempionati turnir jadvalida oxirgi oʻrinni egallagan va jamoa a'zolari tarqatib yuborilgan.

U 1956-yilda yana SSSR chempionatlarida ishtirok etad boshlagan. 1960-yilgacha asosan quyi o'rinlarni egallagan va yomon natijalar qayd etgan. Bu davrda jamoa bir necha bor o'z nomini oʻzgartirgan.

1960-yilda klub nomi „Energetik“ deb oʻzgartirilgan. Klub oʻz tarkibini mustahkamladi va asta-sekin ikkinchi liga zonasining oʻrtamiyona jamoalari qatoriga ko'tarilgan. 1964-yilda ittifoq respublikalari jamoalari tomonidan „A“ klassi kengaytirilganligi sababli klub asosiy ligada ishtirok eta boshlagan.

Dastlabki yillarda jamoaning natijalari qoniqarsiz bo'lgan, lekin 1960-yillarning oʻrtalaridan tarkibiga mamlakatdagi yaxshi futbolchilarni taklif etgan va liganing eng kuchli jamoalari bilan tengma-teng oʻynay boshlagan. Ushbu muvaffaqiyatlarning eʼtirofi 1967-yilda 11 nafar „Energetik“ oʻyinchisiga SSSR sport ustasi unvonlari berilishi edi.

1969-yilda Dushanbe jamoasi oʻz zonasida 4-oʻrinni egalladi. 1970-yilda futbol ligasi tizimi isloh qilingan. Jamoa nomini o'zgartirdi va „Pomir“ nomi ostida Birinchi ligada ishtirok eta boshlagan. Pomir nomi ostida jamoa koʻp mavsumlar davomida uzluksiz va juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

1973-yildan 1978-yilgacha jamoani Ishtvan Sekech boshqargan. „Pomir“ jamoasining 70-yillardagi shakllanishi va yuklsalishi uning nomi bilan bogʻliq. Oʻtgan yillar davomida Birinchi ligada klub kuchli raqobatdosh klub va ligada eski gvardiya sifatida obroʻ qozongan.

1983-yildan 1986-yilgacha jamoani Yuriy Syomin boshqargan va u „Pomir“ klubini Birinchi liga yetakchisiga aylantirgan. 1986-yilda uning oʻrnini Sharif Nazarov egallagan. 1989-yilda zambiyalik futbolchilar Derbi Makinka, Pirson Mvanza va Wisdom Chansa bir necha oyga jamoaga kelishdi. Bular SSSR futbol chempionatining elit divizioni tarixidagi birinchi xorijlik legionerlar edi.

1988-yil mavsum oxirida tarixda ilk bor Tojikiston SSRdan yagona vakil sifatida SSSR Oliy ligasiga yo'l olgan. SSSR parchalanishidan oldin liganing soʻnggi uch mavsumi davomida (1989, 1990 va 1991-yillar) ishtirok etgan. Ular soʻnggi Sovet Kubogining yarim finalida CSKA Moskvaga yutqazishdi. Tojikistonda davom etayotgan fuqarolar urushi tufayli klub tugatilib, uning futbolchilari Oʻzbekiston chempionatiga koʻchib oʻtishganVsevolod Yureskul: „Pamir“ s molotka – optom i v roznitsu // Futbolniy kurer. – № 18. – s.12..

CSKA Pamir 1992-yilning bahorida radikal islomchilar Tojikistonda fuqarolar urushini boshlab yubordilar, bu esa barcha rusiyzabon futbolchilarni jamoani tark etishga majbur qildi. Biroq, debyut mavsumidayoq klub Tojikiston chempioniga aylangan.

1995-yilda „Pomir“ ikkinchi va oxirgi marta oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1996-yil boshida Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etganidan so'ng, bir necha yetakchi futbolchilar klubni tark etishgan. 1996-yildan keyin Dushanbedagi bir nechta klublar Tojikiston ligasidan chetlatilgan.

1996, 1997 va 1999-yilgi mavsumlarda jamoa moliyaviya qiyinchilikka uchragan Tojikiston chempionatida ishtirok etmagan. Shundan jamoaga mamlakat Mudofaa vazirligi yordam bera boshlagan. Xususan, mudofa vaziri Sherali Xayrulloyev jamoaga shaxsan o'zi qo'llab quvatlagan. 1997-yilda klub Tojikiston Mudofaa vazirligi qoshida qayta tashkil etilgan va Tojikistonning CSKA klubiga aylantirilgan. Bu davrda jamoaga Damir Kamaletdinov ustozlik qilgan.

Shundan soʻng klub SKA Havo Mudofaasi Pomiri, 1998-yildan esa SKA-Pomir nomi bilan turnirlarda ishtirok eta boshlagan. 2000 va 2002-yilgi mavsumlarda jamoa chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan, 2001-yilda esa bronza medali sohibiga aylangan.

Keyingi mavsumlarda u 5-8-oʻrinlarni egallagan. 2008-yilgi mavsumda moliyaviya qiyinchilik sababli mavsumdagi chorak qism oʻyinlarni tugatmasdan turnirni tark etgan. Klubdagi barqarorlik faqat 2009-yilda paydo boʻla boshlagan. 2012-yilgi mavsumda Tojikiston chempionatida 13 nafar ishtirokchi orasida 7-oʻrinni egallagan.

2016-yilning iyulida CSKA jamoasi rahbarlari bosh murabbiy Rahmatullo Fuzaylovni ishdan boʻshatib, uning oʻrniga Tohirjon Moʻminov bilan shartnoma imzolagan.

2019-yilning 5-yanvarida Rustam Xoʻjayev CSKA jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2019-yil 23-iyun kuni Xoʻjayev bosh murabbiy lavozimini tark etgan. 2019-yil 8-iyulda Sergey Jitskiy CSKAning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Yillar davomida Pomir jamoasi tarbiyalanuvchilari Gʻulomxaydarov, Shirinbekov, Gess, Rahimov, Fuzaylov, Valeriy Sarychev, Oleg Malyukov va boshqalar Moskvaning eng yaxshi jamoalarida oʻynagan, SSSR terma jamoasida, shuningdek, Rossiya va Yevropaning boshqa klublarida toʻp surgan.

Stadion Klub ilgari „Pomir“ stadionida oʻynagan boʻlsa, bugun kichikroq CSKA stadionida oʻynamoqda.

Tashkil etilgan kundan boshlab, SSSR chempionatlari va kuboklarida klub oʻz uy uchrashuvlarini Tojikistonning oʻsha davrdagi eng yirik stadioni – M. V. Frunze nomidagi Respublika stadionida oʻtkazgan va stadion oʻsha paytda 21 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdirgan.

SSSR parchalanganidan keyin stadion Respublika markaziy stadioni „Pomir“ nomini oldi. Ushbu stadionda 2000-yillarning oʻrtalarigacha CSKA-Pomir oʻz mehmonlarini qabul qilgan. Hozir u uy uchrashuvlarini 7000 tomoshabinga moʻljallangan CSKA stadionida oʻtkazmoqda.

Ichki tarix MavsumLigaTojikiston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.Pos.Pl.GʻDMUGOʻGOIsmLiga19921st1201613611533Gʻolib Umed Alidodov11 Sharif Nazarov19931st2302523932152 Sharif Nazarov19941st230205575284519951st128221581326719981st7th22796313230 Damir Kamaletdinov20001st4th3415712545152 Damir Kamaletdinov20011st3rd18954291932 Damir Kamaletdinov20021st4th221273572543 Damir Kamaletdinov20031st9th3015312614148 Damir Kamaletdinov20041st7th3611421557637 Damir Kamaletdinov20051st7th18549303619 Damir Kamaletdinov Kenge Khaitov20061st8th22551224392020071st7th20711234442220081st11th40723121982320091st8th18221416428Ikkinchi oʻrin Abdugaffor Sattorovich Yuldashev20101st6th329101335513720111st6th4016420656952 Vladimir Utkin20121st7th248610262530Chorak final Aliyor Ashurmamadov20131st9th182511102611 Hussein Shodiev Abdugaffor Sattorovich Yuldashev20141st8th18369142715 Alia Sylla6 Abdugaffor Sattorovich Yuldashev20151st618828182226Yarim final Davronjon Tukhtasunov8 Abdugaffor Sattorovich Yuldashev20161st6188372316271/8 fianl Davronjon Tukhtasunov420191st421858242729Chorak final Shodibek Gafforov7 Rustam Khojayev Sergey Zhitsky20201st3188552925291/8 fianl Shodibek Gafforov Shervoni Mabatshoev7 Sergey Zhitsky20211st3271287372944Chorak final Fathullo Fathulloyev9 Aliyor Ashurmamadov20221st5227411303425Chorak final Sharafdzhon Solehov5 Amin Subhoni

Xalqaro musoboqalardagi tarix

MusoboqaOʻGʻDMUGOʻGKlublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati200228AFC Kubogi302134Jami5023512

MavsumMusoboqaBosqichJamoaUySafarUmumiy1996–97Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiBirinchi bosqich Neftchi1–41–42–82022AFC KubogiE guruhi Altyn Asyr1–13-oʻrin Soʻgʻdiyona Jizzax2–3 Neftchi Qoʻchqor-Ota0–0

Yutuqlar

SSSR

SSSR birinchi ligasi gʻolibi: 1988-yil. SSSR-MDH kubogi yarim finalchisi: 1991/1992.

Tojikiston

Tojikiston chempionatida 1-oʻrin (2): 1992, 1995. Tojikiston chempionatida 2-oʻrin (2): 1993, 1994. Tojikiston chempionatida 3-oʻrin (1): 2001. Tojikiston kubogi sohibi (1): 1992. Tojikiston kubogi finalchisi (1): 2009.

Statistika Quyida CSKA „Pomir“ jamoasi futbolchilarining 1988-1991-yillar oraligʻida SSSR oliy ligasidagi oʻyinlari haqidagi statistik maʼlumotlar keltirilgan.

SSSR oliy ligasidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar №IsmOʻyinlar1 Yuriy Baturenko801 Andrey Manannikov802 Muhsin Muhammadiyev783 Hakim Fuzaylov754 Rashid Rahimov745 Alimjon Rafiqov616 Çaryýar Muhadow546 Vasiliy Postnov547 Anatoliy Volovodenko50

SSSR oliy ligasidagi eng koʻp gol urganlar №IsmGollar1 Muhsin Muhammadiyev222 Rashid Rahimov102 Çaryýar Muhadow103 Yuriy Baturenko5

Joriy tarkib

Mashhur futbolchilar Oʻz mamlakatlari uchun xalqaro musobaqalarda qatnashgan futbolchilar.

Tojikiston Alier Ashurmamadov Arsen Avakov Yuriy Baturenko Igor Cherevchenko Hakim Fuzaylov Rahmatullo Fuzaylov Shuhrat Mamajonov Andrey Manannikov Vazgen Manasyan Sergey Mandreko

Muhsin Muhammadiyev Tohirjon Moʻminov Vasiliy Postnov Rashid Rahimov Valeri Sarychev Oleg Shirinbekov Georgi Takhokhov Anatoli Volovodenko Oleksiy Cherednyk Edgar Gess

Sobiq SSSR mamlakatlari Çaryýar Muhadow Röwşen Muhadow Azamat Abduraimov Ravshan Bozorov Rustam Zabirov

Afrika Wisdom Mumba Chansa Derby Makinka Pearson Mwanza

Bosh murabbiylar

Georgiy Mazanov (1950) Viktor Arjakov, Miroshnikov N. (1956) Ivan Kochetkov, Nikolay Potapov (1957): FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki Yuriy Yefremov (1958—1959) N. A. Aleshin (1960) Eduard Korobov (1961—1963) Nikolay Potapov (1964) Andrey Zazroyev (1964—1966) Vladimir Alyakrinskiy (1967) Ivan Larin (1968–1971) Yakov Karpov (1971) Ahmad Alaskarov (1972–1973) Yakov Karpov (1973) Ishtvan Sekech (1973–1978) Mark Tunis (1978–1981) Vladimir Gʻulomhaydarov (1981 – iyun 1983) Yuriy Syomin (1983—1985) Sharif Nazarov (1986–1988) Oleg Habi (1988—1989) Sharif Nazarov (1990—1993) Damir Kamaletdinov (1998—2005) Kenja Haitov (2005) Ishtvan Sekech (2006) Aliyor Ashurmamadov (2009) Vladimir Utkin (2011-yil avgustgacha) Aliyor Ashurmamadov (2012-yil martgacha) Xusayin Shodiyev (2013-yil yanvardan — 2013-yil maygacha) Abdugʻaffor Yoldashev (2013-yil iyulgacha) Hamid Karimov (2014—2015) Rahmatullo Fuzaylov (2016-yil 19-iyulgacha)Toxir Muminov – noviy glavniy trener TsSKA „Pamir“ – Pressa.tj Tohirjon Moʻminov (2016—2018) Rustam Xoʻjayev (2019-yil 23-iyungacha)Rustam Khodzhaev – Profil trenera | Transfermarkt Sergey Jitskiy (i2019—2020-yil iyul oyigacha) Aliyor Ashurmamadov (2021-yil 19-aprelgacha) Amin Subxoni (2021)

Manbalar

Havolalar (archived) Club statistics at KLISF

Turkum:FK CSKA Pomir Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Tojikiston futbol klublari‎ Turkum:Harbiy tashkilotga tegishli futbol klublari Turkum:SSSR Oliy ligasi klublari Turkum:Dushanbedagi futbol klublari Turkum:Tojikiston SSR futbol klublari Turkum:1950-yilda tashkil etilgan futbol klublari