300px|right|thumb|Togʻli Qorabogʻ 300px|right|thumb|Tarixan Kavkaz Albaniyasining (Arronning), Qorabogʻ xonligining, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining, Ozarbayjon Sovet Respublikasining tarkibiy qismi boʻlgan. Hozirgi Ozarbayjon Respublikasining tarkibiy qismidir. Hozirga qadar atrof hududlari bilan birgalikda (jami 11 ming km²) Armaniston Respublikasining ishgʻoli ostidadir. 300px|right|thumb|Togʻli Qorabogʻ — Ozarbayjon Respublikasining gʻarbiy viloyatidir. Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan. Togʻli Qorabogʻ — Kavkazortidagi tarixiy hudud. 1923-yil Togʻli Qorabogʻ hududida Ozarbayjon tarkibidagi Togʻli Qorabogʻ Muxtor viloyati tashkil qilindi. Maydoni – 4,4 ming km. Aholisi – 194 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari), asosan, armanlar va ozarbayjonlar, shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Viloyatda 5 maʼmuriy tuman, 2 shahar va 7 shaharcha bor. Markazi — Xonkendi shahri. Yirik shaharlardan Shusha shahri ham bor.
Togʻli Qorabogʻ asosan, Kichik Kavkazning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shaharda Murovdogʻ tizmasi (eng baland joyi 2725 m) bor. Shimoli-sharq va sharqi — tekislik. Foydali qazilmalari: polimetall rudalari, litografiya toshi, Islandiya shpati, marmar, grafit, asbest va boshqa Mineral suvli buloq koʻp. Hududining koʻp qismida iqlimi moʻʼtadil (qishi quruq), gʻarb va jan.gʻarbiy togʻli qismi salqin va sovuq (qishi quruq). Tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3°dan —2°gacha; iyulniki tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda 20°—26° va baland togʻlarda 10°—14°. Yiliga tekislik va past togʻlarda 400–600 mm, baland togʻlarda 900 mm gacha yogʻin tushadi. Eng yirik daryolari — Terter, Xachinchay, Karkarchay (Kura havzasi), Kendelanchay, Ishxanchay (Arake) havzasi.
Tekislik va past togʻlarda kashtan tuproq, oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda qoʻngʻir togʻ oʻrmon tuprogʻi bilan birga togʻ qora tuprogʻi uchraydi, undan yukorida togʻoʻtloqi tuproqlari bor. Tekisliklarda, asosan, shoʻra va shoʻra boshokdoshlar, togʻ etaklarida va past togʻlarda yarim kseforit buta changalzorlari, undan yuqorida keng bargli oʻrmonlar, subalp va alp oʻtloklari mavjud. Oʻrmon (dub, qora qayin, zarang) va butazorlar viloyat hududining 32 % i ni egallaydi. Kaspiy ulari, bezoar echkisi, yelik, qoʻngʻir ayiq, jayra, alp zogʻchasi, togʻ qargʻasi, qizilquyruk, qoya kaltakesagi yashaydi.
Sanoati: mahalliy xomashyo asosida ishlaydi. Oziq-ovqat sanoati yetakchi oʻrinda (viloyat sanoat mahsulotining 65,5 %). Vino zdlari (Xonkendi, Gadrut, Martuni, Mardakert, Askeran va boshqalar), moysir, non zdlari; ipak qurti, poyabzal, gilam va tikuvchilik fabrikalari bor. Xonkendi elektrotexnika zavodi viloyat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoat tarmoklari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Asosiy sanoat markazi — Xonkendi sh.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari: tokchilik, mevachilik, sabzavotchilik, tamakichilik. Ozuqa ekinlari: gʻalla, dondukkaklilar, kartoshka ham ekiladi. Tut mevasi muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik goʻsht-sut va goʻsht-junga ixtisoslashgan. Qoramol, koʻy, choʻchqa boqiladi. Pilla yetishtiriladi. Asosiy avtomobil yoʻllari: Yevlax—Agdam—Xonkendi — Shusha—Lachin, Yevlax— Mardakert— Kelbajar. Shusha kurorti, Turshsu balneologik iqlimiy davolash joyi, sanatoriy, dam olish uylari bor. Qizil imperiya parchalanib, „ittifoqdosh“ respublikalar oʻz mustaqilliklarini qoʻlga kiritgach, viloyat statusini belgilash boʻyicha T. Q. armanlar bilan ozarbayjonlar oʻrtasidagi ancha vaqt qurolli toʻqnashuv zonasi boʻlib keldi.OʻzME
Togʻli Qorabogʻ — Ozarbayjon Respublikasining gʻarbiy viloyatidir. Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan.
Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjonning markaziy qismida joylashgan. Sovet hokimiyati davrida bu yerda hududi 4,4 ming kv.km yoki Ozarbayjon Respublikasi umumiy hududining 5,1 foizini tashkil etgan Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati joylashgan edi. 1970-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida 150.313 nafar aholi mavjud boʻlgan. Viloyat tarkibiga Askaron rayoni, Hadrud rayoni, Mardakert rayoni, Martuni rayoni, Shusha rayoni va viloyatga boʻysunuvchi Stepanakert shahri kirar edi.. Tarixan Kavkaz Albaniyasining (Arronning), Qorabogʻ xonligining, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining, Ozarbayjon Sovet Respublikasining tarkibiy qismi boʻlgan. Hozirgi Ozarbayjon Respublikasining tarkibiy qismidir. Hozirga qadar atrof hududlari bilan birgalikda (jami 11 ming km²) Armaniston Respublikasining ishgʻoli ostidadir. Ozarbayjonning „musiqiy akademiyasi“ sifatida mashhur. Tarixan hozirgi ozarbayjonliklar yashab kelgan viloyatdir. 1820-yildan boshlab armanilarning Ozarbayjonga ommaviy ravishda koʻchirilgan hududlardan biridir. Armancha manbalarda Arsax sifatida tilga olinadi.
Etimologiyasi Qorabogʻ nomi Ozarbayjon tilidagi „qora“ va „bogʻ“ soʻzlaridan tashkil topgan. Bu nomni VII asr manbalaridayoq uchratish mumkin. Ozarbayjon tilida (shuningdek, boshqa turkiy tillarda ham) „qora“ning rangdan boshqa „zich“, „qalin“, „katta“, „tund“ va oʻzga maʼnolari ham bor. Shu jihatdan "Qorabogʻ " termini "katta bogʻ ", "zich bogʻ ", "qalin bogʻ ", "safoli bogʻ " va boshqa maʼnolarni ham anglatadi.
Tarixi 293px|right|thumb|1801-1813 chegaralarini belgilash bilan Kavkaz viloyati xaritasi Kavkaz harbiy okrugi, podpolkovnik Tomkievym bosh qarorgohida harbiy tarix fakulteti tuzilgan edi. Tbilisi 1901-yil. Qorabogʻ qadimiy tarixga ega yashash maskanlaridan biridir. Ushbu hududdagi Ozix magʻorasi eng qadimiy insonlarning yashash maskani ekani aniqlangan. Bu yashash maskani Ozarbayjonning, shu jumladan Qorabogʻning Oraliq dengiz havzasi va Sharqiy Afrika bilan birgalikda insonlarning ilk goʻshalaridan biri boʻlganligidan dalolat beradi. 1968-yilda Ozix magʻorasining oshoʻl qatlamidan Ozix odami — ozixantrop deb nomlangan odamning chanoq suyagi topilgan. Ozix odamning 350 — 400 ming yillar avval yashab oʻtganligi taxmin etiladi. Eneolit (mil. av. VI — IV mingyilliklar), bronza va ilk temir davrlarida (mil. av. IV mingyillikning oxiri — I mingyillikning boshlari) Qorabogʻ hayotida ulkan oʻzgarishlar sodir boʻldi. Bronza davrining oxiri va ilk temir davri (mil. av. XIII — VII asrlar) Xoʻjali — Kadabek madaniyati nomini olgan. Xoʻjalik va madaniy hayotning vujudga kelishi bilan birgalikda etnik — siyosiy jarayonlar ham davom etgan. Ozarbayjonning janubida qudratli Manna davlati (mil. av. IX-VI asrlar) maydonga chiqqan. Aleksandr Makedonskiy (mil. av. 356-323) Ahamoniylar davlatini qulatganidan soʻng Ozarbayjonning shimolida siyosiy jarayonlar yangi bosqichga qadam qoʻydi. Uning vafot etishi bilan imperiyasi ham parchalanib ketgach, Ozarbayjonning janubida Atropatepa, shimolida esa Albaniya davlati vujudga keldi. Mil.av. IV asrda va undan keyin Atropatepa Ozarbayjonning shimolida ham oʻz hududlariga ega boʻldi va ushbu davrda Qorabogʻ hududini oʻz ichiga olgan yerlarning bir hissasi ushbu Ozarbayjon davlatiga tobe edi. Atrotepa bilan ayni paytda vujudga kelgan Albaniya davlati taxminan mil. av. IV — mil. VIII asrlardayoq mavjud boʻlib, 1200-yilga yaqin davr mobaynida Ozarbayjon tarixida katta rol oʻynadi. Albaniya oʻz chegaralarini kengaytira borib, butun Qorabogʻ hududini egalladi va ushbu viloyatni oʻz trkibida saqlab qolish uchun mislsiz kurashlar olib borib, baʼzi bir istisnolarni hisobga olmaganda, bunga muvaffaq ham boʻldi. Qorabogʻ tarixiy — etnografik viloyat sifatida dastlab Kavkaz Albaniyasi tarkibiga kirdi.
Qorabogʻ tarixidagi asosiy oʻzgarishlar VII asrda Arab xalifaligining ishgʻolchiligi va buning natijasida Albaniya davlatining qulashi natijasida sodir boʻldi. Arab ishgʻolchiligiga qadar Qorabogʻning tarixiy aholisi etnik jihatdan bitta ildizdan, yaʼni Ozarbayjon-Albaniya ildizidan tarkib topgan holda, ushbu davrda Arab xalifaligining Ozarbayjonga nisbatan olib brogan siyosati natijasida viloyatning togʻli qismida armanilar diniy ustunligining taʼminlanishi, vaqtlar oʻtib, etnik sohada oʻz taʼsirini koʻrsatdi: Albaniyaning tarixiy Arsax viloyati aholisi avvaliga grigorianlashtirila, keyin esa armanilashtirila boshlandi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, Albaniyaning ushbu hududida Sunik va Arsax-Xochin knyazliklari barpo etildi. XII asrning oxirlariga kelib Sunik podshohligi mahv etildi, bu yerdagi hokim sulola 1166-yildan knyaz Grigor va Smbatning vafot etishi bilan oʻz hokimiyatini boy berdi. XII asrning oxiri — XIII asr boshlarida Arsax hududida tashkil topgan Xochin knyazligi, tarixchi olim I.A.Orbelining taʼbiri bilan aytganda, „qadimiy Albaniyaning bir hissasi“ edi. Shunday qilib, mutlaqo tabiiyki, Arab xalifaligi tugatilgach, uning hududida vujudga kelgan yerli davlatlar orasida hech qanday Armani davlati mavjud boʻlmagan. Moʻgʻullarning ikkinchi yurishi va Ozarbayjonning ishgʻol etilishi natijasida (1231-1239) Qorabogʻ boshqa Ozarbayjon yerlari kabi Oliy moʻgʻul xokonligining (1239-1256), keyin esa Hulokular (Elxoniylar) davlati (1256-1357) tarkibida edi. Qorabogʻning ushbu davr tarixi haqidagi maʼlumotlar ancha keng boʻlib, bir qadar yaxshi oʻrganilgan. Ushbu davrda „Qora“ va "bogʻ " soʻz birikmasi endilikda — "Qorabogʻ ", yaʼni konkret jugʻrofiy hududga nisbatan qoʻllana boshlagan. XV asrda Qorabogʻ Ozarbayjon Qoraquyunli (1410-1467) va Oqquyunli (1468-1501) davlatining tarkibida edi. Lekin Qoraquyunlilar davrida Qorabogʻning keyingi tarixiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan bir hodisa sodir boʻldi. XV asrda oʻtgan alban hokimi Hasan Jalolning avlodi (Jaloyiriylar) Qoraquyunli Jahon shohdan „malik“ unvonini oldi. Keyinchalik Jaloyiriylar avlodining mulki besh alban feodal knyazliklari — maliklariga (Guliston, Chilaboʻrd, Xochin, Varanda, Tizoq) parchalanib ketdi.
Ozarbayjon Safaviylar davlatining vujudga kelishi bilan (1501) butun Ozarbayjon tuproqlarining markazlashtirilishi boshlandi. XVI asrning oʻrtalarida Ozarbayjon tuproqlarining yaxlit davlat holida markazlashuvi yakun topdi. Natijada Ozarbayjon Safaviylar davlati mintaqaning Usmonli imperiyasidan keyingi ikkinchi eng qudratli davlatiga aylandi. Shundoq ekan, oʻsha davrda armanilarning hech qanday etnik-siyosiy ustunligi haqida gap ham boʻlishi mumkin emas edi. Aksincha, ushbu davrda Ozarbayjonning etnik va siyosiy chegaralari yanada aniq — tiniq shakl oldi. Safaviylar Ozarbayjonda 4 ta beklarbeklik yaratdilarki, ulardan biri ham Qorabogʻ yoki Ganja beklarbekligi edi. Safaviy davlatining zaiflashuvidan soʻng Ozarbayjon tuproqlari Eron, Rossiya va Usmonli davlatlari oʻrtasida jang maydoniga aylandi.