Rupert Alexander Lloyd Grint (1988-yilning 24-avgustda tugʻulgan) — Garri Potter filmlarida uchta bosh qahramonlardan biri Ron Weasley rolini oʻynagan ingliz aktyori. Grint Ron Uesli rolini ijro etganda 11 yoshda boʻlgan, u maktabdagi umumiy teatrga aʼzo boʻlgan. U 2001 va 2011-yillar oraligʻida Daniel Redkliff va Emma Uotsonlar bilan birga Garri Potter filmlarining barcha sakkiz qismida bosh rolni ijro etgan.
Qisqa hayot yoʻli Grint Uesskeksda tugʻildi. Uning onasi Joanna Grint – uy bekasi (tugʻruq familiyasi Parson), otasi Nigel Grint suvenerlar ishlab chiqaruvchi. U oilada eng katta farzand edi. Undan keyin Jeyms ismli ukasi bor. Shuningdek Jorjina, Samanta va Sharlotta ismli singillari ham bor.
U „St Josephs Primary School“ nomli katolik maktabda taʼlim oldi. Maktabdalik davridayoq teatrga oʻzgacha mehr qoʻydi. Shu orada maktab teatrida katta boʻlmasada rollar ijro etdi. 16 yoshida maktabni bitirgach oʻz faoliyatsini boshladi.
Faoliyat
Garri Potter (2001 – 2011)
thumb|Rupert Grint 2007-yil, Toronto, Kanada. Garri Potter va Qaqnus jamiyati filmi namoyishi
thumb|Uotson,Redkliff va Grintlarning oyoq va qoʻl izlari.(chapdan oʻngga qarab)
2001-yilning boshida muallifi britaniyalik ayol J.K Rouling boʻlgan bestseller asar „Harry Potter va hikmatlar toshi“ kitobiga film ishlana boshlandi. Film uchun Rouling – ssenariynavist, Syuzi Figgs – assistent va Kris Kolambus – Rejissor sifatida ish yurita boshladilar.
Filmografiya
Filmlar + Yili Nomi Rol Notes 2001 Harry Potter and the Philosopher’s Stone Ron Weasley 2002 Harry Potter and the Chamber of Secrets Ron Weasley 2002 Thunderpants Alan A. Allen 2004 Harry Potter and the Prisoner of Azkaban Ron Weasley 2005 Harry Potter and the Goblet of Fire Ron Weasley 2006 Driving Lessons Ben Marshall 2007 Harry Potter and the Order of the Phoenix Ron Weasley 2009 Harry Potter and the Half-Blood Prince Ron Weasley 2010 Cherrybomb Malachy McKinney 2010 Wild Target Tony 2010 Harry Potter and the Deathly Hallows – Part 1 Ron Weasley 2011 Harry Potter and the Deathly Hallows – Part 2 Ron Weasley 2012 Into the White Gunner Robert Smith 2013Charlie Countryman Carl 2013 CBGB Cheetah Chrome 2013 Foosball Amadeo Voice role 2014 Postman Pat: The Movie — You Know You're the One Josh Voice role / Post-production
Manbalar
Havolalar
Rupert Grint: Overview na MSN rupertgrint.org rupertgrint.net
Turkum:Angliya aktorlari Turkum:Angliyalik erkak aktyorlar Turkum:Angliyalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar