Temir tumani — Oqtoʻbe viloyatining gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,6 ming km2. Tuman 1972-yili tashkil topgan. Aholisi kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Shubarquduq qishlogʻi.
Geografiyasi Temir tumani Mugʻaljar togʻining janubi-gʻarbida joylashgan. Eng baland choʻqqisi 355 m (Badamsha qishlogʻining atrofida). janubi-gʻarbiy qismi tekisliklar iborat. Foydali qazilmalaridan: neft, tosh koʻmir, qurulish materiallari bor. Ularning ayrimlari qazib olinadi.
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 17 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 24°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.
Aholi punktlari Oltiqorasuv, Shigʻirli (Borodinovka), Jombil (Leninskoe), Birlik (Rojdestvenskoe), Kenkiyak, Qoʻpa, Qumquduq, Neftyanik, Oqsoy (Perelyubovka), Taskopa, Temir, Shubarquduq, Shubarshi.
Ijtimoiy soha Tumanda 32 ta maktab, 2 ta madaniyat uyi, 14 kutubxona aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida 3 ta kasalxona, tuman kasalxonasi, sanepidstansiya, 17 feld.-akusherlik punkt aholi uchun xizmatda.
Sanoati Sanoatida tuman hududi bir nechta yirik korxonalari bor. Ularning yiriklari: „Qaraqamis“, „Stroyuniversal“ MChJ, „Koʻlik“ AJ, „Aliya joʻldari“, „Shans-1“, „Manas“, „Ayqap“, „Sagor“, „Tasqudiq“, „Oqtoʻbemunaygaz“, Kenjiluenergiya", „Toʻlgʻanay“ MChJ-lari va boshqalari faoliyat yuritmoqdaQozoq Ensilopediyasi, 8 tom.
Manbalar
Turkum:Oqtoʻbe viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari