Eduardo Saverin — (; 1982-yil 5-martda Braziliyadagi San-Paulu shaharchasida tugʻilgan). U Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biridir. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u 2011-yil 4-yanvar hisobi boʻyicha kompaniyaning aksiyalaridan 4 % ulushga ega. Hozirgi vaqtda Singapur shahrida istiqomat qilmoqda, fuqaroligi esa Braziliyada.

Biografiyasi Eduardo Saverin San-Pauluda (Braziliya) yahudiylar oilasida tugʻilib, Mayyamida (Florida) ulgʻaydi. Oʻrta taʼlimni Mayyamidagi Gulliver maktabida oldi va Garvard universitetida oʻqishini davom ettirdi. U 2006-yili unversitetni Iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bitirdiЭдуардо Саверин (Eduardo Saverin). Facebook. Краткая биография«Страница Эдуардо Саверина на Forbes», Forbes.com.

Eduardo Mark Zuckerberg bilan birinchi bosqich talabasi boʻlgan paytda tanishdi. Ikkinchi bosqichda ular oʻzlarining ilk namunalarini ya'ni — The Facebookni yaratdilarТоп-10 самых молодых миллиардеров по версии Forbes. 2004-yili Eduardo Nyu-Yorkga amaliyot oʻtashga ketadi. Mark esa oʻzining ishlari bilan qoladi. Bu orada Zuckerberg Sean Parker va Peter Thiel bilan tanishadi, ular Facebookka oʻz investiyalarini kiritishadi.

2013-yilning 10-martida Eduardo Saverin Forbes jurnalining "Eng yosh milliarderlar oʻntaligi" roʻyxatiga kiritiladi. Roʻyxatda u 2.2 milliard dollar sarmoya bilan 5-oʻrinni egallaydi.

Hayoti tasvirlarda 2010-yilda yaratilgan «Ijtimoiy tarmoq» filmida Saverinning Mark Zuckerberg bilan aloqalaridan tortib, to Saverin va Tsukerberg raqobatigacha tasvirlangan. Saverin rolini aktyor Andrew Harfield ijro etgan.

Manbalar

Havolalar Eduardo Saverinning Facebookdagi haqiqiy sahifasi Where In The World Is Eduardo Saverin? Первая краткая биография в Рунете (от создателя what-life.com)

Turkum:Milliarderlar Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Braziliya milliarderlari Turkum:Facebook Turkum:Yashayotgan insonlar