Panfilov tumani — Almati viloyatidagi tuman. 1928-yili tashkil topgan. Maydoni 10,600 km2. Aholisi 121,085 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 11,4 kishidan toʻgʻri keladi (2013).Qozoq ensiklopediyasi 7 — tom, QR tabiati Tumanning maʼmuriy markazi — Jarkent shahri.
Aholisi Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 121,085 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (2010): qozoqlar — 75 456 kishi (62,54 %) uygʻurlar — 37 620 kishi (31,43 %) ruslar — 4 945 kishi (4,10 %) dunganlar — 917 kishi (0,76 %) tatarlar — 546 kishi (0,45 %) oʻzbeklar — 304 kishi (0,25 %) boshqalari — 558 kishi (0,46 %) Jami — 120 646 kishi (100,00 %)
Ijtimoiy soha Tumanda maorif va madaniy mahkamlaridan 41 oʻrta, 2 asosiy, 6 boshlangʻich, 1 kasbiy-texnik maktab, Jarkent pedagogik kolleji, Taldiqoʻrgʻan Hududshunoslik kollejining filiali, Talgʻar tibbiyot kollejining filiali, xususiy matematika-informatik litsey, 57 kutubxona, 2 muzey, 3 madaniyat uyi, 7 klub va boshqalar. Tibbiyot sohalaridan tuman markaziy kasalxonasi, Koʻktal tuman kasalxonasi, Jarkent silga qarshi kasalxonasi, 9 feldsher-akusherlіk, 14 qishloq vrach ambulatoriyasi, 21 feldsherlik punkt aholiga xizmat qilmoqda. Jetisuv ensiklopediya. — Almati: „Aris“ nashriyoti, 2004. — 712 bet. .
Iqlimi Tuman iqlimi keskin kontinental. qishi qisqa va iliq boʻladi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati janubida −8 °C −10 °C. Yozi issiq va quruq. Iyul oyining oʻrtacha yillik harorati −20 °C −24 °C. Togʻ etaklarida yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 500 – 700 mm, shimolida 300 – 500 mm.
Manbalar
Havolalar Общая информация о районе на сайте Акима Алматинской области
Turkum:Almati viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari