Jambul tumani — Almati viloyatining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Yer maydoni 19,3 ming km2. 1928-yil tashkil topgan. Aholisi 139,817 kishi (2013). Tuman markazi — Uzunagʻash qishlogʻi.
Aholisi Tuman aholisi 139,817 kishi, aholi zichligi1 km2 7,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidan koʻrishingizga boʻladi (2010): qozoqlar — 100 964 kishi (80,06 %) ruslar — 12 887 kishi (10,22 %) uygʻurlar — 3 759 kishi (2,98 %) turklar — 2 225 kishi (1,76 %) ozarbayjonlar — 1 333 kishi (1,06 %) olmonlar — 882 kishi (0,70 %) tatarlar — 807 kishi (0,64 %) kurdlar — 484 kishi (0,38 %) ukrainlar — 421 kishi (0,33 %) oʻzbeklar — 380 kishi (0,33 %) qirgʻizlar — 336 kishi (0,27 %) chechenlar — 290 kishi (0,23 %) koreyslar — 163 kishi (0,13 %) boshqalari — 1 177 kishi (0,93 %) Jami — 126 108 kishi (100,00 %)
Ijtimoiy soha Tumanda 4 bolalar bogʻchasi, 58 maktab, 1 kasbiy-texnik bilim dargohlari faoliyat yuritmoqda. 12 madaniyat uyi, 3 muzey, 22 kutubxona aholiga xizmat qilmoqda. 61 tibbiyot mahkamasi, shulardan 4 kasalxona, 17 qishloq shifokorlik ambulatoriya, 1 oʻpka kasalliklarini davolaydigan kasalxona v.h faoliyat yuritmoqdaJetisuv ensiklopediya. — Almati: „Aris“ nashriyoti, 2004. — 712 bet. .
Iqlimi Tuman iqlimi keskin kontinental. qishi qisqa va iliq boʻladi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati janubida –8°S, shimolida –12°S, iyul oyida janubida 20 °C, shimolida 25 °C. Togʻ etaklarida yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 500 mm, shimolida 200 — 300 mm.
Manbalar
Havolalar Obщaya informatsiya o rayone na sayte Akima Almatinskoy oblasti Forum Jambilskogo rayona Apparat Akima Jambilskogo rayona
Turkum:Almati viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari