Mahmud Toirov (1952.31.8, Toshkent viloyati Parkent tumani) – Oʻzbekiston xalq shoiri (2005), senator. Taʼlim Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1977). Mehnat faoliyati Respublika radiosining bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida adabiy xodim (1978—84). „Parkent tongi“ gaz.da muharrir (1984-yildan), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻli-mining masʼul kotibi (1999-yildan). Ijodi Dastlabki sheʼriy toʻplami – „Ayt endi, yuragim“ (1991). Shundan keyin T.ning „Biz nechun uchrapshik“ (1992). „Muhabbat shevasi“ (1995), „Oqib ketgan armonlar“ (1996). „Barmoqlar bodasi“ (1998), „Haqni tanib“ (1999). „Yuz toʻrtlik“ (2002) kabi asarlari nashr etilgan. T. anʼanaviy uyelub shoiri. Sheʼrlarida oddiy insoniy tuygʻular, yurt madhi va muhabbat mavzulari aks etgan. Koʻplab sheʼrlari tanikli xonandalar tomonidan kuylangan.
Mukofotlari „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (2001).
Manbalar Saylanma. T. 2002.