Hosil bayrami - qishloq xoʻjaligi xodimlarining anʼanaviy bayrami (Oʻzbekistonda 1972-yilgacha "Paxta bayrami" deb atalgan). Xoʻjaliklar, tumanlar, viloyatlar miqyosida oʻtkaziladi. Koʻpgina joylarda Hosil bayrami kech kuzda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili yigʻim-terimi tamomlanishiga qarab nishonlanadi. Bayram kunlari koʻrgazmalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari uyushtiriladi; badiiy va sport oʻyinlari, ot sporti musobaqalari, ommaviy sayillar oʻtkaziladi. Mehnat ilgʻorlariga mukofotlar topshiriladi. Hosil bayramida qishloq xoʻjaligi xodimlari bilan birga shahar aholisi, keng jamoatchilik ham ishtirok etadi. Hosil bayrami barcha uchun zavqli mamnuniyatli tarzda oʻtkaziladi va bu bayramni do'stlarimiz va oila a'zolarimiz bilan maroqli o'tkazamiz, turli xil narsalar yasab o'yinlar o'tkazishimiz mumkin.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Hosil bayrami · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.