Ashir Gʻafurov (1876—1941) - yogʻoch oʻymakori, naqqosh. Gʻafurov ijodida islomiy naqsh, choka pardozni keng qoʻllagan, zaminni chekma usulida bezagan; dilali oʻyma eshik va darvozalar ustasi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi koʻrgazmasi (hozirgi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi binosi)ga 2 tabaqali eshikni tayyorlashda qatnashgan, eshik dilalari va atrofidagi hoshiya naqshlarni ishlagan (naqshlar orasida imzosi bor)"Gʻafurov Ashir" OʻzME. Gʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1876-yilda tugʻilganlar Turkum:1941-yilda vafot etganlar