Yangi Mirishkor — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (33 km). Yangi Mirishkordan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 43 km. Aholisi 3 ming kishini tashkil etadi (2005). Umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, avtokorxona, MTP, paxta tozalash zavodi, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Musiqa maktabi, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 ta sport inshooti mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar bor."" OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Mirishkor tumani shaharchalari