Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti – Chirchiq daryosi va Boʻzsuv kanali boʻylab ketma-ket joylashgan GESlar majmui. Traktning uzunligi 171,1 km. Traktda umumiy oʻrnatilgan quvvati 1220,6 MVt boʻlgan 20 ta GES bor. 1926-yilda ishga tushirilgan Boʻzsuv GES traktda birinchi boʻlib qurilgan. Traktning boshlanish qismida (Chirchiq daryosi oʻzanida) ketma-ket 3 stansiya – Xoʻjakent GES, Chorvoq GES, Gʻazalkent GES joylashgan. Gʻazalkent GESdan quyiroqda, Chirchiq daryosi suvini tartibga solib turuvchi toʻgʻonning oʻng tomonidan Tovoqsoy GES, Loginov nomidagi GES va Oqqovoq GESlari, Qibray GESning derivatsiya kanallari boshlanadi. Soʻngra Oqqovoq2 GESning suv tashlama kanalidan boshlangan Boʻzsuv irrigatsiya kanalida ketma-ket Qibray, Qodriya, Salor, Boʻzsuv, Shayxontohur, Boʻrjar, Oqtepa GESlari, 1, 2, 3, 4 hamda 6 Quyi Boʻzsuv GESlari joylashgan.
Traktning barpo etilishi natijasida Chirchiq daryosi suvi yordamida elektr energiyasi hosil qilish bilan birga irrigatsiya inshootlari, yirik sanoat markazlari, shaharlar, aholini, sanoat korxonalari va ekinzorlarni suv bilan taʼminlash masalalari ham kompleks hal qilingan.
2003-yilda bu traktdagi GESlarda 5625,3 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Umumiy tavsifi Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti beshta kaskadga boʻlinadi: Oʻrta Chirchiq GESlari, Chirchiq GESlari, Qodiriya GESlari, Toshkent GESlari, Quyi Boʻzsuv GESlari. Traktdagi barcha GESlarning umumiy quvvati 1200 MVtdan ortiq, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 4,67 mlrd kVt*soat. Oʻrta Chirchiq GESlari Chirchiq daryosida, qolgan GESlar daryodan suv oladigan Chirchiq GESlar Derivatsiya kanali va Boʻzsuv kanalida (shu bilan birga Boʻzsuv GESlari qurilgan ayrim kanallar alohida kanal sifatida tasniflanishi mumkin) joylashgan.
Traktning yuqori pogʻonasi Chorvoq GES hisoblanadi, uning quvvati butun kaskad quvvatining yarmini tashkil qiladi. GESning koʻp qavatli qirgʻoq toʻgʻoni butun kaskad manfaati uchun oqimni tartibga soluvchi yirik Chorvoq suv omborini hosil qiladi. Quyiroqda toʻgʻon tipidagi Xoʻjakent va Gʻazalkent stansiyalari joylashgan boʻlib, ularning vazifalari elektr energiyasi ishlab chiqarishdan tashqari kuchli Chorvoq GESdan chiqayotgan suv oqizishlarni tenglashtirishni ham oʻz ichiga oladi. Quyiroqda Chirchiq daryosidagi Gʻazalkent gidrouzeli va uning suv olish qurilmasi derivatsiya kanalni va undan keyin Boʻzsuv kanalini suv bilan taʼminlaydi. Asosiy GESlarning koʻpchiligi derivatsiya kanalida burish sxemasi boʻyicha qurilgan.
Trakt inshootlari elektr energiyasi ishlab chiqarishdan tashqari, sugʻorish va suv taʼminoti uchun manba sifatida katta ahamiyatga ega.
Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti texnik tavsifi GES nomi Quvvati, MVt oʻrtacha yillik ishlab chiqarish, mln kVt*soat GES tipi Bosim, m Gidroagregatorlar soni Gidroturbina tipi Qurilishi boshlangan yil 1-turbinasi ishga tushirilgan yil Qurilish tugagan yil Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi (Chirchiq daryosida) Chorvoq (GES-6) 666 2000 toʻgʻon 148 4 radial-oʻqli 1963 1970 1972 Xoʻjakent (GES-27) 165 586 toʻgʻon 34 3 aylanma-qanotli 1971Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, st. „Xoʻjakent GES“ (uzb.) 1975 1977 Gʻazalkent (GES-28) 120 418 toʻgʻon 25 3 aylanma-qanotli 1980 1982 (?)Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, st. „Gʻazalkent GES“ (uzb.) Chirchiq GESlar kaskadi (Chirchiq GESlar Derivatsiya kanalida) Tovoqsoy (GES-8) 72 350,8 (389) derivatsiya 30 4 radial-oʻqli 1932 1941 1941 F. G. Loginov nomidagi Chirchiq GES (GES-7) 84 427,6 (394) derivatsiya 35,5 4 radial-oʻqli 1932 1940 1956 Kamolot 8,5 41,9 derivatsiya 7,77 4 gorizontal kapsulali 2018 2022 2022 Oqqovoq-1 (GES-10, Oqqovoqsoy GES-1) 39,7 213,8 derivatsiya 2 1941 1943 1957 Qodiriya GESlar kaskadi (Boʻzsuv kanalida) Oqqovoq GES-2 (GES-15) 9 66 derivatsiya 12 2 propeller 1943 1946 1946 Qibray(GES-11, Oqqovoq-3) 11,2 89 derivatsiya 18,2 1 aylanma-qanotli 1942 1943 1943 Qodiriya (GES-3) 15,34 112 (122) derivatsiya 36,4 2 1930 1933 1936 Salor (GES-12) 11,2 85 derivatsiya 18,2 1 aylanma-qanotli 1943 1944 1944 Toshkent GESlar kaskadi (Boʻzsuv kanalida)Shayxontohur, Boʻrjar va Oqtepa GESlarini Boʻzsuv kanalining uchastkalari deb hisoblash mumkin, lekin koʻpincha mos ravishda Anhor, Bo'rjar va Oqtepa kanallariga taalluqlidir. Boʻzsuv (GES-1) 6 44,4 derivatsiya 10,68 2 aylanma-qanotli 1923 1926 1936 Shayxohtohur (GES-21) (Anhor arigʻida) 3,6 23 (32) toʻgʻon 7,4; 8,45 3 propeller 1951 1954 1955 Boʻrjar (GES-4) (Bo'rjar kanalida) 6,4 45 (40,5) derivatsiya 18,5 2 radial-oʻqli 1933 1936 1937 Oqtepa (GES-9) (Oqtepa kanalida) 16,6 80 (81,8) derivatsiya 36 1 radial-oʻqli 1936 1943 1943 Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi (Quyi Boʻzsuv kanalida) Quyi Boʻzsuv-1 (GES-14) 15 41,4 (65) aralash 28 2 radial-oʻqli 1943 1944 1944 Quyi Boʻzsuv-2 (GES-18) 7 15,4 (13) aralash 9,75 3 propeller ? 1950 1950 Quyi Boʻzsuv-3 (GES-19) 11,2 40,8 (50) aralash 17,5 2 aylanma-qanotli 1945 1950 1955 Quyi Boʻzsuv-4 (GES-23) 17,6 88 (99) aralash 35 2 radial-oʻqli 1948 1954 1954 Quyi Boʻzsuv-6 (GES-22) 4,4 21,8 (30) toʻgʻon 11 2 propeller 1950 1954 1954 Qurilayotgan GESlar PiskomPostanovlenie Prezidenta Respubliki Uzbekistan „O programme mer po dalneyshemu razvitiyu gidroenergetiki na 2017—2021 godi“ 400 946 toʻgʻon 195 4 radial-oʻqli 2017 2024 2026 Quyi Chatqol 90 292 toʻgʻon 37 4 aylanma-qanotli 2019 2025 2025 Toldiqsoy 170 515 toʻgʻon 2023 Qorongʻitoʻgʻay 170 485 toʻgʻon 50? 2023 Loyihalashtirilayotgan GESlar Mullalaq 170 396 Xoʻjakent GTES 200 400 Yuqori Piskom 120 270 Yuqori Piskom GTES 200 216 Oygaying daryosidagi GESlar kaskadi (Oygaying GES № 1, № 2 va № 3) 216 648,7
Izohlar
Manbalar
Turkum:Energetika Turkum:Chirchiqdagi gidrotexnik inshootlar Turkum:Oʻzbekiston gidroelektr stansiyalari
Turkum:SSSR gidroelektr stansiyalari Turkum:Trakt geslari