Xromatoforalar (yunoncha: chroma, chromatos — rang, boʻyoq, phoros — saqlaydigan, ega boʻlgan) — suvoʻtlar sitoplazmasi tarkibida uchraydigan organoid; fotosintezdya ishtirok etuvchi pigmentlarni saqlaydi. X. pigmentlarining tarkibi suvoʻtlar turiga bogʻliq. Toʻq qizil bakteriyalar hujayrasidagi pigment saqlovchi membranali pufakchalar ham X. deyiladi. Ularda fotosintezning boshlangʻich jarayonlari roʻy beradi. X. hujayra membranasining oʻsishi va ichkariga botib kirishi natijasida hosil boʻladi. Shuning uchun X. membranalar bilan tutashib turadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Xromatoforalar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.