Futerovka (nem. Futter — qoplama) — issiqlik agregatlari (pechlar, oʻchoq, quvurlar va boshqalar), kimyoviy apparatlar va teri oshlash vannalarining ichki himoya qoplamasi. Vazifasiga qarab, gʻisht, plitalar, bloklar va boshqalardan qoplanadi. Olovbardosh (shamot, dinas, magnezit, dolomit va boshqalar), kimyoviy turgʻun, issiqlik oʻtkazmaydigan xillari bor. Agar issiqlik oqimlari, kimyoviy moddalar agregatlarning qoplamasiga tashqaridan taʼsir qilsa, bunday agregatlarning tashqi qoplamasi ham F. deb ataladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Futerovka · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.