Fukus suvoʻtlar (Fucales) -qoʻngʻir suvoʻtlar qabilasi (tartibi). Tanasining uz. 0,1–2 m, baʼzan 10 m gacha. Boshqa suvoʻtlardan koʻpayish sikli bilan farq qiladi. Shakli har xil. Fukus turkumi vakili (Fucus) shoxlangan, dixotomik, qoraqoʻngʻir, tasmasimon plastinka shaklida. 300 turi (40 turkumi), asosan, 3 ta: fukusdoshlar (Gʻisaseaye), sistozirdoshlar (Cystoseiraceae) vasargasdosh suvoʻtlar (Sargassaceae) oilasi bor. Fukus suvoʻtlar Kaspiy va Orol dengizlaridan tashqari, barcha dengizlarda uchraydi. Fukus suvoʻtlardan alginat, yem uni va oʻgʻit olinadi. Baʼzi turlari ovqatga ishlatiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Fukus suvoʻtlar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.