Fridrix I Barbarossa (Friedrich Barbarossa, aynan — qizil soqolli) (taxminan 1125—90) — Germaniya qiroli (1152-yildan), Shtaufenlar sulolasidan boʻlgan "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1155-yildan). Shimoliy Italiya shaharlarini tobe ettirishga harakat qilgan, biroq Lenyano jangida (1176) Lombardiya ligasi koʻshinlaridan magʻlubiyatga uchragan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Fridrix I Barbarossa · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.