Fotolyuminessensiya — yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar vujudga keltiradigan lyuminessensiya turi. F.ning optik spektrlari (103—0,1 mkm toʻlqin uzunlikdagi elektromagnit nurlanish spektrlari) chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz (tutash) boʻlishi mumkin. Ularning qandayligi moddaning agregat (baʼzi xossalari sakrab-sakrab oʻzgaradigan) holatiga, atomlar va molekulalarining vujudga kelish (uygʻonish) shart-sharoitlariga bogʻliq, faqat bugʻlar F.si spektrlarigina uygʻotuvchi nurlanish (yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar) toʻlqinlari uzunligiga boglik boʻladi. F.ning eng oddiy holi — atom bugʻlarining rezonans (uygʻunlashib) nurlanishi. F.dan lyuminessent lampalar, yorugʻlikni qayd qilish asboblari va boshqalarda foydalaniladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Fotolyuminessensiya · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.