Hermann Emil Fischer (1852-yil, 10-sentyabr, Eyskirxen — 1919.15.7, Berlin) — nemis organik kimyogari. Strasburg universitetini tugatgan (1874). Myunxen (1879-yildan), Erlanger (1882-yildan), Vyursburg (1885-yildan), Berlin (1892—1919) universitetlari professor Ilmiy ishlari uglevodorodlar, oqsillar, purin birikmalari kimyosiga oid. Purinning fiziologik faol hosilalaridan — kofein, teobromin, ksantin, gipoksantin, teofillin, guanin va adeninni (1897), siydik kislota (1899), shuningdek, purinni (1898) sintez qilgan. Qandlar (1887-yildan), mannoza, fruktoza va glyukoza (1890) sintezini amalga oshirgan. Koʻpgina oqsillarning parchalanish mahsulotlarida valin (1901), prolin va oksiprolin (1902) mavjudligini ochgan, polipeptidlar sinteziga asos solgan va ilk bor sof dipeptid olgan (1902). Nobel mukofoti laureata (1902)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:1852-yilda tugʻilganlar Turkum:1919-yilda vafot etganlar Turkum:9-oktabrda tugʻilganlar Turkum:15-iyulda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari