Fyon (lot. favonius — iliq gʻarbiy shamol) — togʻli oʻlkalarda togʻlardan vodiylarga, yuqrridan pastga tomon esuvchi ilik va quruq kuchli shamol. Fyon togʻ tizmasini oshib, pastga tushayotganda adiabatik jarayon sababli isib kuriydi, baʼzan qor koʻchkilariga sabab boʻladi. Oʻzbekistonda Chirchiq va Fargʻona vodiylarida koʻp kuzatiladi. Fyon qisqa muddat, sutkadan kam, baʼzan 5 sutka davom etishi mumkin. Ekinlarga garmsel kabi taʼsir koʻrsatadi. Fyonning zararli taʼsirini kamaytirish uchun ixota daraxtzorlari barpo etiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Fyon · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.