Allaniyoz Uteniyozov (1936-2006 yy.) – Oʻzbekiston Qahramoni (2001)Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2918-sonli Farmoni, Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (1992), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1986), „Mehnat shuhrati“ ordeni (1995).

Tajimai holi Allaniyoz Uteniyazov 1936-yil 8-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Qazayaqli ovulida tugʻilgan. 1949- yilda onasi bilan togʻasining yoniga – hozirgi Nukus tumani Uzunkoʻl ovuliga koʻchib kelishadi. Allaniyaz Nukus shahridagi maktabda oʻqish bilan bilrga uyida poliz va sabzavotlar yetishtirgan. 1958 – 1962-yillarda Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) chet tillar fakultetida oʻqigan. 1962-yildan Nukus tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida boshlab, 42 yil davomida dars berdi.

Faoliyati Fidoiy ustoz oʼquvchilarga dars oʼtish bilan bir qatorda qishki va yozgi taʼtil paytlarida yolgʼiz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun haq olmaganNukuslik-muallim. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasidagi maʼlumotlarga koʻra Allaniyoz Uteniyazov 40 ta turar joy, 2 ta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, 2 ta shifoxona va bitta kutubxona qurgan. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital taʼmirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan oʼzi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona gʼisht quygan.

1999-yili Nukus tumanida „Saxovat“ fermer xoʻjaligini tashkil etib, olma, oʻrik, shaftolizorlar barpo etdi. Bu bogʻlarning mevalaridan Xoʻajayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari birinchi navbatda bahramand boʻlishgan. Xoʻjalik hududidagi ishsiz aholini bandligini taʼminladi.

Allaniyoz Uteniyazovning taʼlim samaradorligini oshirib borishdagi zarur metodlaridan biri bu – zamonaviy texnologiyalar vositasida dars oʻtish, elektron darsliklardan foydalanish, internet termoqlari maʼlumotlari bilan darslarni boyitish, lingafon, kompyuter xonalaridan samarali foydalanish.

Allaniyoz Uteniyozov 2006 yil 27 yanvarda Toshkentda vafot etdi.

Mukofotlari Oʻzbekiston Qahramoni (2001) Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (1992) "Mehnat shuhrati" ordeni (1995) Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1986)

Allaniyaz Uteniyazov haqida iqtiboslar Ingliz tili muallimining mehr-saxovatli ishlari haqida xabar topgan nafaqat yurtdoshlarimiz, xorijiy gazetalarda oʻqigan millioner, madaniyat va fan arboblari, dunyoga tanilgan chempion, estrada yulduzlari, taniqli insonlar unga ehtirom, minnatdorchilik xatlari yoʻllaganlarː

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston qahramonlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:Qoraqalpog'istonlik qahramonlar