Ulotriks (Ulothrix) — ulotriksdoshlar oilasiga mansub ipsimon shoxlanmagan koʻp hujayrali yashil suvutlar turkumi. Xujayrasida bitta tasmasimon xromatofor, bitta yoki bir nechta pirenoid, bitta yadro bor. Bir vaqtning oʻzida jinssiz va jinsiy koʻpayadi. Ayrim hujayralarida toʻrt xivchinli zoosporalar yetishsa, qoʻshni hujayralarida ikki xivchinli izogametalar hosil boʻladi. Zigotasi reduksion boʻlinib, gaploid hujayralar hosil qiladi. Ularning biridan yangi U. unib chiqadi U.ning 25 turi chuchuk suvlar va dengizlarda tarqalgan. thumb|Ulothrix 426
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Ulotriks · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.