Jonsaid Turdiyev (1954-yil 20-iyun, Toshkent viloyati, Boʻka tumani – 2023-yil 21-oktyabr) – ishlab chiqarish novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1998).

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1970-yilda Olmaliq shahridagi 14-avtobazada avtosozlovchi, haydovchi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1973—75-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. 1975-yildan boshlab Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining „Qalmoqqir“ konida dastlab ekskavator mashinisti yordamchisi sifatida ishlaydi. 1982-yilda mashinistlik kursini tugatgach, 8 kubometr hajmli ekskavator mashinisti boʻlib ishlay boshladi. Mehnatsevarligi tufayli ish rejasini muntazam oshirib bajarishga erishdi. U texnika-energetika resurslarni tejamkorlik bilan ishlatishda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi, oʻz ekskavatori xizmat vaqtini 12 yildan 18 yilga uzaytirishga erishgan, koʻplab ekskavatorchi shogirdlar yetishtirgan.

Mukofotlari 1998-yilda Jonsaid Turdiyevga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni hamda „Oltin Yulduz“ medali bilan mukofotlangan.

Vafoti

Jonsaid Turdiyev 2023-yil 21-oktyabr kuni vafot etdi.

Manbalar