Edward Donnall Thomas (15-mart 1920 – 20-oktyabr 2012) — amerikalik gematolog, onkolog. Ilmiy ishlari qon yaratilishi buzilganda koʻmikni koʻchirib oʻtkazish muammolariga oid; koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo yoki toʻqimalar koʻchib ketishining oldini olish uchun immunitetni susaytirish usuli (immunodepressiya programmasi)ni taklif etgan. Birinchi boʻlib odamda koʻmikni koʻchirib oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan (1956). Nobel mukofoti laureati (1990, J. E. Marri bilan hamkorlikda)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:15-martda tugʻilganlar Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:20-oktyabrda vafot etganlar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari