Todorokit (Todoriki — Yaponiyaning Xokkaydo o.dagi kon nomidan) — mineral. 1963-yil Markaziy Qizilqumda topilgan. Kimyoviy tarkibi (Ca, Na, Mg2Q, K), (Mn4Q, Mn2Q,Mg)6 xO|23H,O; asosiy qismni tashkil qiluvchi Mp dan tashqari 16 kimyoviy element (Mg, Ca, Na, K, Zn, Fe, Al, Si, Ba, Hg, Cd, Co, Ni, Sr, Mo, Si) aralashmasi bor. Romb yoki monoklin singoniyada kristallanadi. Koʻrinishi sferolitbuyraksimon. Kattiqligi 1,5 — 2, zichligi 3,7—3,8 g/sm3. Rangi kora, yarim metalldek yaltiraydi, elektromagnitli. Todorokit gipergen mineral boʻlib, oltin konlarining oksidlanish zonasidagi eng kechki shakllanish bosqichida vujudga kelgan. Oʻzbekistonda Muruntov, Tomditov va Boʻkantovda uchraydi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Todorokit · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.