Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekistonda qurilgan yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri. „Uzbekenergiya“ davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida, Tallimarjon suv omboridan 7 km uzoklikda joylashgan. Stansiya qurilishi 1988-yil yanvarda boshlangan. Loyiha quvvati 3200 MVt (800 MVt li 4 energoblokli). 1energobloki 2004-yil oxirida ishga tushiriladi. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt kam boʻlgan Shoʻrtan gaz konidan olinadigan tabiiy gaz. Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasie.s. viloyatdagi gaz konlari, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.

Tarixi

Elektr stansiyasini qurish va loyihalash SSSR parchalanishidan oldin boshlangan. Dastlabki loyiha har biri 800 MVt quvvatga ega 4 ta energetika bloki qurishni nazarda tutgan.

80-yillarga kelib qurilishni moliyalashtirish bilan bogʻliq muammolar mavjud edi. Bir qancha vaqt elektrstansiya qurilishi toʻxtab qoldi. 90-yillarning oʻrtalarida 1-energoblokda „noʻl-sikl“ tugallanib, Shoʻrtandan gaz quvuri tortildi.

2004-yil dekabr oyida quvvati 800 MVt boʻlgan 1-energoblok ishga tushirildi. Ushbu energoblokning Markaziy Osiyoda muqobili yoʻq. Uni tugatish $400 mlnga tushdi. Xususan, Oʻzbekiston hukumati kafolati ostida Britaniyaning „ANSOL LTD“ kompaniyasidan $59,3 mlnlik tovar krediti jalb qilindi

Shuningdek, birinchi energoblokning komputer simulyatori ham yaratilgan. Simulyatorda real ishlab chiqarishda foydalaniladigan dasturiy modullardan foydalanish Tallimarjon IESining texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimining asosiy komponentlarini ishga tushirishdan oldin sinov oʻtkazish imkonini berdi.

Tallimarjon IES ishga tushirilgan birinchi yilda 4,6 mlrd kVt*soat elektrenergiya ishlab chiqardi.

2010-yilda Osiyo taraqqiyot banki Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish uchun Oʻzbekistonga $350 mln kredit ajratdi.

2011-yilda Tallimarjon IESdan „Soʻgʻdiyona“ nimstansiyasigacha boʻlgan 500 kV yuqori kuchlanishli liniya qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) asosiy parametrlari tasdiqlandiPostanovlenie Prezidenta Respubliki Uzbekistan "O merax po realizatsii investitsionnogo proekta "Stroitelstvo VL 500 kV Talimardjanskaya TES — PS „Sogdiana“ s ORU 500 kV na Talimardjanskoy TES"" ot 27 avgusta 2011 goda № PP-1609.

2013-yilning ikkinchi yarmida (belgilangan muddatdan 14 oy oldin) 218 kilometr bir zanjirli elektr uzatish liniyasi ishga tushirildi. Loyiha qiymati $188,494 mlnni tashkil qiladiProekt „Stroitelstvo VL 500 kV Talimardjanskaya TES — PS Sogdiana s ORU-500 kV na Talimardjanskoy TES“ (infografika Vsemirnogo banka).

2013-yil martida tender natijalariga koʻra „Hyundai Engineering and Construction“ i „Daewoo International Consortium“ kompaniyalari konsorsiumi bilan Tallimarjon IESda ikkita kombinatsiyalangan siklli bugʻ-gaz trubinali agregatlarni (BGTA) tayyor holda topshirish boʻyicha qiymati $861,78 mlnlik shartnoma imzolandi.

2016-yil avgust oyida 450 MVt quvvatga ega boʻlgan BGTA-1 ishga tushirildi. Qurilish mobaynida 14 metr chuqurlikdagi tuproq qatlami almashtirildi, 450 ming m³ tuproq, 55 ming m³ beton ishlari bajarildi, 4500 tonna metall konstruksiyalar oʻrnatildi, 316 km kabel, 30 km quvur liniyasi yotqizildi. Qurilishda ishlagan ishchilar soni 2300 kishiga yetdi. Oʻsha yilning noyabr oyida quvvati 314 MVt boʻlgan BGTA-2 ishga tushirildi. Loyiha umumiy qiymati — $1,28 mlrd. Asbob-uskunalar yetkazib beruvchisi Yaponiyaning „Mitsubishi Corporation“ kompaniyasi boʻldi.

Turkum:Oʻzbekiston issiqlik elektr stansiyalari Turkum:Qashqadaryo viloyati suv omborlari

Manbalar

Turkum:Qashqadaryo viloyati Turkum:Oʻzbekenergo