Strasburg universiteti - Fransiyadagi qad. universitetlardan biri. 1621-yil asos solingan. 1870—71 yilgi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya magʻlubiyatga uchragach yopilgan va uning oʻrniga Kayzer Vilgelm universiteti tashkil etilgan. 1919-yil qayta tiklangan. 1935—45 yillarda KlermonFerran shahrida joylashgan va Fransiya Qarshilik koʻrsatish harakatining markazlaridan biri boʻlgan. 1947-yil Kdrshilik kursatish harakati medali bilan mukofotlangan. Su. tarkibida 3 universitet faoliyat koʻrsatadi. Tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, fiziologiya, biokimyo, botanika, zoologiya, umumiy biologiya, geologiya, geofizika, tarix, filologiya, teologiya, huquq, iqtisodiy fanlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 30 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saqlanadi. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Strasbourg universiteti · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.