Skiflar — Qora dengizdan shimoliy-gʻarbda, Dunay va Don, Dnepr va Dnestr daryolari quyi havzalaridan to Volgaga qadar boʻlgan hududlarda yashagan chorvador aholi (miloddan avval 7—milodiy III asr). Skiflar shimoliy eron tillarining turli lahjalarida soʻzlovchi qabilalar hisoblanadi. Bu hududlarda skiflarga qadar yashagan kimmeriylar ham eron zabon boʻlgan. Gerodotning yozishicha, bu hududlarga skiflar Osiyodan koʻchib kelganlar va tub aholining til muhiti taʼsirida eronlashganlar. Asl vatani Volgadan sharqda, yaʼni Osiyoning Qozogʻiston dashtlari, Janubiy Ural va Oltoy hamda Janubiy Sibir hududlari boʻlib, skif qabilalari aslida eroniy tillarning turli lahjalarida soʻzlashuvchi oriylar edi. Chunki, shu mintaqalar aholisining moddiy madaniyati va antropologik tipi jez davridan boshlab birbiridan farq qilmaydi. Skiflar Yevrosiyo choʻllari aholisiga ellinlar tomonidan berilgan umumiy nom boʻlib, eron manbalarida ularni saklar deb yuritilgan. Gerodot "forslar skiflarni saklar" deb ataydi deb yozadi. Dengiz sohillariga yaqin istiqomat qilgan aholisiga skif atamasi ishlatilsa, Oʻrta Osiyo, Yettisuv va Qozogʻiston dashtlari hamda Togʻli Oltoy aholisiga nisbatan koʻproq sak atamasi ishlatilib kelinadi. Gerodotning yozishiga qaraganda, osiyolik skiflar dastlab shimoliy va sharqiy Qora dengiz sohillarini egallab, tub aholi — kimmeriylar ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgach, kimmeriy suvoriylarini Kichik Osiyoga quvadilar, soʻng Midiya, Suriya va Falastin hududlarini, Shimoliy Mesopotamiyani egallaydilar.

Miloddan avval VII asr boshlarida Midiya davlati kuchayib, skiflarni u yerdan haydab chiqaradi. Skiflar Qora dengizdan shimol va sharqda, Dneprdan Dongacha boʻlgan choʻllarda oʻrnashib, endi mahalliy kimmeriy qabilalari bilan ittifoqlikda yashay boshlaydilar. Ellinlar esa bu joylarni Skifiya deb ataydilar. Miloddan avval VII asrda Skifiya juda katta siyosiy-harbiy qudrat edi. Gerodotning yozishicha, Doro boshliq qudratli Fors davlati miloddan avval 513-yilda skiflar ustiga yurish qilib, oʻz maqsadiga erisha olmagan. Aksincha skiflar axomaniylarga tobe yerlarga javob hujumlari uyushtirib, ularni dahshatga soladilar. Skiflarning tili barcha manbalarda eroniy ekanligi taʼkidlanadi.

Skiflar davlati miloddan avval V—IV asrlarda Azov dengizidan Dunay daryosigacha hududlarni birlashtirgan kuchli harbiy-demokratik davlat boʻlsada, miloddan avval III asrning oxirlarida Don ortidan kelgan sarmatlarning hujumi natijasida bir qism hududidan ajrab, ancha zaiflashadi. Mildoiy I asrning 2-yarmida skiflar bir necha bor Bospor podsholigi bilan urushlar olib borib, oʻzining avvalgi jangovarlik ruhini yoʻqotadi va nihoyat milodiy III asrda Skifiya gotlar tomonidan tugatildi. Xalqlarning buyuk koʻchishi davrida skiflar boshqa qabilalar tarkibiga singib, nafaqat mustaqillik, balki etnik xususiyatlarini ham yoʻqotadilar.

Nomlari

Etimologiyasi Skiflar nomi qadimgi yunoncha Skuthēs (Σκυθης) va Skuthoi (Σκυθοι) nomlaridan olingan bo'lib, bu skiflarning o'zlariga bergan Skuδatā (kamonchilar) nomidan olingan. Ossuriyaliklar bu nomni Iškuzaya (𒅖𒆪𒍝𒀀𒀀), māt Iškuzaya (𒆳𒅖𒆪𒍝𒀀𒀀), awīlū Iškuzaya (𒇽𒅖𒆪𒍝𒀀𒀀), yoki ālu Asguzaya (𒌷𒊍𒄖𒍝𒀀𒀀), māt Askuzaya (𒆳𒊍𒆪𒍝𒀀𒀀), va māt Ašguzaya (𒆳𒀾𒄖𒍝𒀀𒀀) shakllariga o'zgartirishgan.

Qadimgi forslar skiflarni "(Qora) dengizdan narida yashovchi Saklar" (𐎿𐎣𐎠 𐏐 𐎫𐎹𐎡𐎹 𐏐 𐎱𐎼𐎭𐎼𐎹, Sakā tayaiy paradraya), misrliklar esa shunchaki "Saklar" ( 𓋴𓎝𓎡𓈉, sk) deb ataydi. Aynan shu nomdan yunon-rim manbalaridagi "Sacae" nomi kelib chiqqan.

Zamonaviy terminologiya Skiflar bugungi Qozog'iston, Rossiyaning Sibir dashtlari, Ural, Volga va Janubiy hudulari va sharqiy Ukraina hududlarini o'z ichiga oluvchi Skif-Sibir xalqlarining bir qismi hisoblangan. Kengroq ma'noda barcha Yevroosiyo ko'chmanchi qabilalariga nisbatan ham "skiflar" nomi qo'llangan. Biroq bunday nom bahs-munozaralarga sabab bo'ladi va mutaxassislar fikricha barcha ko'chmanchilarga nisbatan "ilk ko'chmanchilar" nomini ishlatish to'g'riroq.

Skiflar, saklar va kimmeriylar ko'chmanchi eroniy qabilalar qardoshlari bo'lgan bo'lib, qadimgi bobilliklar, qadimgi forslar va qadimgi yunonlar barcha dasht ko'chmanchilarini mos ravishda "kimmeriylar", "saklar" va "skiflar" deb atashgan. Yangi davrdagi tarixchilar, masalan Edward Gibbon skiflar deganda Yevroosiyo dashtlaridagi barcha ko'chmanchi va yarim-ko'chmanchi xalqlarni nazarda tutadi.

"Skif" nomi zamonaviy tarixiy manbalarda miloddan avvalgi VII asr va milodiy III asr oralig'ida Qora dengiz shimoli, Qrim va Kuban vodiysida, shuningdek Taman va Kerch yarim orollarida yashagan ko'chmanchi eroniy qabilalarga nisbatan ishlatiladi. "Saka" atamasi esa ularning sharqiy qardoshlari, Yevroosiyo dashtlarining shimoliy va sharqiy qismlarida va Qashqar tekisligida yashagan xalqlarga nisbatan ishlatiladi.Kramrisch, Stella. "Central Asian Arts: Nomadic Cultures". Encyclopædia Britannica Online. The Śaka tribe was pasturing its herds in the Pamirs, central Tien Shan, and in the Amu Darya delta. Their gold belt buckles, jewelry, and harness decorations display sheep, griffins, and other animal designs that are similar in style to those used by the Scythians, a nomadic people living in the Kuban basin of the Caucasus region and the western section of the Eurasian plain during the greater part of the 1st millennium bc. Kimmeriylar esa o'z davrida madaniy jihatdan skiflarning bir turi sifatida ko'rilgan bo'lsada, ular skiflardan boshqa qabilaga tegishli bo'lgan va Qora dengiz bo'yi dashtlarida yashagan ushbu kimmeriylar oxir-oqibatda skiflar tomonidan siqib chiqarilgan.

Skiflar o'zlaridan sharqda yashovchi xalqlar bilan bir qator umumiy jihatlarga ega bo'lib, ular bilan bir xil qurollarga, ot anjomlariga va tasviriy san'at ko'rinishlariga ega bo'lishgan va bu olimlar tomonidan "Skif triadasi" deb nomlanadi. Ushbu madaniy jihatlarga ega bo'lgan xalqlar odatda skiflar madaniyatiga tegishli deb yuritilgan va shu sababdan ular ham skiflar deb hisoblangan. Skiflar madaniyatiga ega sifatida ko'rilgan xalqlar nafaqat etnik guruh sifatidagi skiflarning o'zi bo'lishgan, balki kimmeriylar, massagetlar, saklar, sarmatlar va Sharqiy Yevropa o'rmon-dashtlarida istiqomat qilgan turli-tuman noma'lum xalqlar (masalan, ilk slavyanlar, boltiq xalqlari va fin-ugor xalqlari) ham skiflar sifatida ko'rilgan.

Skiflar atamasining ushbu keng ta'rifida, g'arbiy skiflar boshqa skiflardan "Klassik skiflar", "G'arbiy skiflar", "Yevropa skiflari" yoki "Qora dengiz skiflari" nomlari bilan farqlangan. Lekin arxeolog Maurits Nanning van Loon 1966-yilda kimmeriylarni nomlash uchun "G'arbiy skiflar" nomidan, skiflarning o'zi uchun esa "Sharqiy skiflar" nomidan foydalanadi.van Loon, Maurits Nanning (1966). Urartian Art: Its Distinctive Traits in the Light of New Excavations. Istanbul, Turkey: Nederlands Historisch-Archaeologisch Instituut.

Skifolog Askold Ivanchik "skiflar" atamasi turli joylarda ham keng, ham tor ma'noda qo'llanishini va bu ilmiy hamjamiyatda ancha chalkashliklarga sabab bo'lishini afsus bilan qayd etadi. Uning fikricha "skiflar" atamasi miloddan avvalgi VII asr - milodiy III asrda Qora dengiz bo'ylarida yashagan eroniy xalqlarning o'zigagina nisbatan ishlatilishi kerak. Nicola Di Cosmo fikricha Sharqiy Yevropa dashtlarida yashagan ilk ko'chmanchi xalqlarning barchasiga berilgan "skiflar" nomi "o'ta keng va chalkash" shunday ekan ular uchun "ilk ko'chmanchilar" nomini ishlatish to'g'riroqdir.

Tarix VI asr oxiridagi Vizantiyaning harbiy taktika haqidagi "Strategikon of Mavrikiy" (Strategikon) risolasi:". Arriani Tactica & Mauricii " ning 1664-yilgi tarjimasi jamoat kutubxonalarida mavjud. Bu kitobda shunday deyilgan: “Skif qabilalari bir tizim va bir tartibdan foydalanadilar. Lekin ularning intizomi ancha xunuk. Ular orasida faqat turklar va avarlar eng kuchli bo‘lishga intiladi”. Bu yerda muallif turk va avarlarni skif qabilalari deb ham ataydi.

Adabiyot

Manbalar

Turkum:Millatlar Turkum:Tarix