Sayyodiy, Sayyodiy oʻgʻli, Sayyodiy oʻgʻli Harobiy (taxalluslari; ismi Sayyid Muhammad; XVII asrning ikkinchi yarmi, Balx yaqinidagi Xayrobod qishlogʻi) – shoir.

Hayoti Ovchi (sayyod) oilasida tugʻilgan, oʻzi ham shu kasb bilan shugʻullangan. Shoirning ayrim sheʼrlari hamda „Tohir va Zuhra“ dostonigina yetib kelgan. Dostonda xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalgan syujet yozma adabiyot anʼanalari asosida bayon qilingan. Unda haqiqiy muhabbat va insoniylik kuylangan, zoʻrlik va adolatsizlik qoralangan. Dostonga 50 dan ortiq gʻazal shaklidagi sheʼriy parchalar kiritilgan. Doston asosida Sobir Abdulla tomonidan „Tohir va Zuhra“ musiqali dramasi (1938) va keyinchalik Nabi Gʻaniyev tomonidan shu nomli kinofilm (1950) yaratilgan.

Asarlari Tohir va Zuhra, T., 1960.

Manbalar

Adabiyotlar Nishonboyeva T., Poema Sayyadi „Taxir i Zuxra“, T., 1965.

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar