"Sayohatnoma" – Muhammad Aminxoʻja Muqimiyning milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotida sayohatnoma janrini boshlab bergan asari. Muqimiy ushbu asarida davr ziddiyatlari, chor hukumatining xalq boshiga solgan kulfatlari, zolim va adolatsiz hokim guruhlarini ayovsiz tanqid qiladi. Muqimiyning ushbu asari shunchaki safar hisoboti yoki tor shaxsiy kechinmalari majmuasigina boʻlib qolmagan, aksincha, u oʻsha mustamlaka tuzumi va ijtimoiy hayotning qator muhim muammolarini tanqidiy nazar bilan tahlil etuvchi badiiy asardir.
Asar 4 qismni oʻz ichiga oladi: Qoʻqondan Shohimardonga. Qoʻqondan Fargʻonaga. Qoʻqondan Isfaraga. Isfara sayohatidan.
„Sayohatnoma“lardan
Adabiyotlar Ahmedov S. Oʻzbek adabiyotida "Sayohatnoma". T., 1986.
Manbalar
Turkum:Muqimiy asarlari Turkum:Sayohatnomalar