Viktor Vasilevich Reshetov (1910-yil 10.3, Toshkent — 1979-yil 3.3) — sovet filolog-turkologi, turkiyshunos olim, filologiya fanlari doktori (1952-y), professor (1953-y).
1959-yil 10-dekabrdan RRSFSR Pedagogika fanlari akademiyasining akademigi. 1967-yil 9-avgustdan SSSR Pedagogika fanlari akademiyasining akademigi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964-yil).
Tarjimai holi Viktor Reshetov 1910-yil 3-oktabrda tugʻilgan. 1926-yildan SAGUda tahsil olgan. 1931-yilda SAGU Sharq fakultetining adabiy-lingvistik (turkshunoslik) boʻlimini tamomlagan. 1959-yilgacha SAGU filologiya fakulteti dotsenti. 1933-1934-yillarda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti aspiranturasida oʻqigan. 1934-1960-yillarda A. S. Pushkin nomidagi Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy kotib, tilshunoslik boʻlimi mudiri, direktor oʻrinbosari va direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Professor Reshetov shuningdek, 1935-1959-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining Chet tillari kafedrasini ham boshqargan. 1960-1963-yillarda Moskvadagi RSFSR APS Milliy maktablar instituti direktori va „Russkiy yazik v natsionalnix shkolax“ jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963-yildan Oʻzbekiston Respublikasi rus tili va adabiyoti instituti rektori boʻlgan. Viktor Reshetov 1979-yil 3-martda Toshkent shahrida vafot etgan va markazdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Ilmiy ishlari Ilmiy ishlari turkiy tillar, asosan, oʻzbek tili va uning fonetikasi, grammatikasi, dialektologiyasi, oʻzbek va rus tillarini oʻqitish metodikasi va boshqa masalalarga bagʻishlangan. R. respublika oliy va oʻrta maktablari uchun koʻplab oʻzbek tili darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratgan.
Oʻzbek tili grammatikasi. l boʻlim, T.— Samarqand, 1934 Qisqacha oʻzbekcharuscha lugʻat, T., 1936 Fonetika. Oʻzbek tili fonetikasiga doir baʼzi masalalar, T., 1953 Uzbekskiy yazik. ch. 1 (Vvedeniye. Fonetika), T., 1959 Oʻzbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T. 1962, 1978.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Turkologlar Turkum:Oʻzbekshunoslar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:3-martda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Filologiya fanlari doktorlari